У нас есть только
оригинальные песни

Facebook Messenger foydalanuvchilari soni milliardga etdi

calendar 21.07.2016
856

Facebook Messenger messenjerining har oylik foydalanuvchilari soni 1 mlrdga etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmatida ma'lum qilindi.   

Ijtimoiy tarmoq messenjerning foydalanuvchilar orasida ommabopligini ta'kidlab o'tdi. Facebook ma'lumotlariga ko'ra, messenjer yordamida har oy 17 mlrdan ko'proq foto yuboriladi. Shuningdek, foydalanuvchilar har kuni dastur orqali 22 mlndan ko'proq GIF-fayllar yuboradilar.

Xizmat 250 ta stikerlar to'plamini qo'llab-quvvatlaydi. Bu to'plamlar 4 mingta tasvirni taklif qiladi. Har kuni foydalanuvchilar bir-birlari bilan 380 mln ta stiker bilan almashadilar.   

"Men messenjer orqali foydalanuvchi barcha odamlarga minnatdorman. Biz hamjamiyatimizga keyingi milliard qo'shilishini sabrsizlik bilan kutamiz", deb izoh berdi bunday natijaga Facebook vitse-prezidenti Devid Markus.

Facebook Messenger ijtimoiy tarmoqning asosiy dasturidan keyin ikkinchi raqamli eng ommabop iOS-xizmat bo'ldi. O'z navbatida Android-foydalanuvchilar dasturni milliardan ko'proq marta yuklab olishgan.

Яндекс.Метрика