У нас есть только
оригинальные песни

Facebook’ning 2015 yil 4-choragidagi daromadi 1,56 mlrd dollarni tashkil qildi

calendar 28.01.2016
810

AQShning Facebook kompaniyasining 2015 yil 31 dekabrda yakunlangan moliyaviy chorakdagi daromadi 1,56 mlrd dollarga yetdi. Bu haqda kompaniya vakillari ma'lum qildilar.

Bu raqam kompaniyaning 2014 yil 4-choragida olgan daromadidan 2 barobar ko'proqni tashkil qildi. Kompaniyaning 4-chorakdagi umumiy tushumi 5,84 mlrd dollarni tashkil qildi va bir yil ichida 2 mlrd dollarga oshdi.

Facebook tomonidan taqdim qilingan ma'lumotlarga ko'ra, 2015 yil dekabr oyida ijtimoiy tarmoqning o'rtacha bir kunlik auditoriyasi 1,04 mlrd foydalanuvchini tashkil qilgan, bu 2014 yil dekabridagi ko'rsatkichdan 17 foiz ko'proq bo'lgan.

“Ijtimoiy tarmog'imiz foydalanuvchilari soni oshib bormoqda va bizning biznes gullamoqda. 2015 yil Facebook uchun ajoyib yil bo'ldi”, deb aytdi kompaniya asoschisi va yegasi Mark Sukerberg.

Facebook dunyodagi yeng yirik ijtimoiy tarmoqlardan biri bo'lib, 2004 yil 4 fevralda Sukerberg va uning Garvard universiteti bo'yicha 3 ta kursdoshi tomonidan tashkil yetilgan. Kompaniyaning bosh qarorgohi Kaliforniya shtatidagi Menlo-Park shahrida joylashgan.

Яндекс.Метрика