У нас есть только
оригинальные песни

Facebook’ning sof foydasi birinchi chorakda qariyb uch baravar o‘sdi

calendar 28.04.2016
789

Dunyodagi eng yirik ijtimoiy tarmoq — Facebook’ning sof foydasi 2016-yil birinchi choragi yakunlariga ko‘ra, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan deyarli uch marta o‘sdi va 1,51 milliard dollarni tashkil qildi, deya xabar bermoqda “RIA Novosti” kompaniya hisobotiga tayanib.

Har bitta aksiyadan olingan foyda uch oy ichida 0,52 dollarga teng bo‘ldi, o‘tgan yilgi ko‘rsatkich esa 0,18 dollardan iborat bo‘lgan. Facebook daromadi ham o‘sdi — u 52 foizga oshib, 5,3 milliardga teng bo‘ldi.

Kompaniya reklamadan 5,2 milliard dollar daromad oldi, bu 2015-yilning birinchi choragidagi ko‘rsatkichdan 57 foizga ko‘p demakdir. Mobil reklamadan tushgan daromad barcha reklama kirimlarining 82 foizigacha o‘sdi, o‘tgan yilning shu davrida esa u 73 foizni tashkil qilardi.

Яндекс.Метрика