У нас есть только
оригинальные песни

Facebook sekin ishlaydigan telefon va tarmoqlar uchun yengil dastur chiqardi

calendar 06.06.2015
1443


Facebook kompaniyasi sekin ishlaydigan tarmoqlar va Android boshqaruvidagi arzon smartfonlar uchun maxsus mobil dastur ishlab chiqdi. Bu haqda kompaniya asoschisi va bosh direktori Mark Sukerberg o‘z sahifasida ma’lum qildi. Foto: Facebook / Mark Zuckerberg Foto: Facebook / Mark Zuckerberg Atigi 1 megabaytlik ushbu Facebook Lite dasturi 2G (EDGE va GPRS) tarmoqlarida ham ancha tez ishlaydi. Uning funksiyalari "katta” dasturning funksiyalaridan deyarli farq qilmaydi. Biroq ta’kidlash joiz, unda yangiliklar tasmasidagi xabarlarni saralab bo‘lmaydi, ularni Facebook’ning o‘zi siz uchun saralaydi. Dastur foydalanuvchilar ko‘pincha internetga ulanish bo‘yicha muammolarga duch keladigan qator mamlakatlarda muomalaga kiritilib bo‘lgan. Sukerberg so‘zlariga ko‘ra, yangi dastur Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Yevropada ochiq sinovdan o‘tmoqda. Facebook Lite haqida avvalroq ham xabarlar tarqalgan edi, biroq endilikda u rasman taqdim etildi. 
Manba: daryo.uz
Яндекс.Метрика