У нас есть только
оригинальные песни

Facebook seriallar suratga olishni boshlaydi

calendar 26.06.2017
940

Facebook ijtimoiy tarmog‘i seriallar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, The Wall Street Journal nashriga tayanib.

Aytilishicha, ayni paytda kompaniya Gollivud studiyalari va televizon shou ishlab chiqaruvchi agentliklar bilan muzokaralar olib bormoqda. Yozning oxiriga qadar original mahsulotlar chiqarilishi kutilmoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, ijtimoiy tarmoq bitta seriyani ishlashga 3 million dollar sarflashga tayyor — bu kabel televideniyesidagi eng qimmatbaho shoularning narxiga tengdir. Bundan tashqari, kompaniya arzonroq shoular ishlashni rejalashtirmoqda.

Aytilishicha, Facebook mutasaddilari kichik formatga qiziqmoqda. Shu tariqa, har bir seriya 10 daqiqa atrofida bo‘lishi mumkin.

Яндекс.Метрика