У нас есть только
оригинальные песни

Facebook “Suv parisi” haykali tasvirini “haddan ziyod yalang‘och” ekanligi uchun blokirovka qildi

calendar 05.01.2016
3132

Facebook Daniya poytaxti Kopengagendagi mashhur “Suv parisi” haykali tasvirini blokirovka qildi.

Daniya qishloq xo‘jalik vaziri Mette Gerskov Facebook’dagi sahifasida yozganlariga haykal suratini ilova qilmoqchi bo‘lgan, biroq rad javobi olgan. Ijtimoiy tarmoq ma’murlari buni “Suv parisi” “haddan ziyod yalang‘och” ekanligi bilan izohlagan. Keyinchalik tasvirni chop etishga muvaffaq bo‘lgan vazir mazkur holatni “bema’nilik” deb atadi.

2015-yil martida Facebook ijtimoiy tarmoqda ochiq tasvirlar blokirovka qilinishi haqida xabar bergan, biroq o‘shanda yalang‘och tanalar aks ettirilgan tasviriy san’at, haykaltaroshlik namunalari va boshqa badiiy asarlar haqida gap ketmagandi. Endilikda mazkur qoidalar hatto shunday turdagi tasvirlarga ham taalluqli ekanligi bildirilmoqda.

Яндекс.Метрика