Citigroup
bahosiga ko‘ra, Instagram ijtimoiy tarmog‘ining qiymati 35 milliard
dollarga yetgan va bu borada Twitter, LinkedIn hamda Yelp ijtimoiy
tarmoqlaridan o‘zib ketgan.
Instagram xizmati Facebook ijtimoiy tarmog‘i tomonidan 2012-yilda
sotib olingan. Boshida ushbu shartnoma narxi 1 millard dollarga
baholangan bo‘lsa, keyinroq bu 715 million dollar ekanligi ma’lum
bo‘lgan. Shunday qilib, ikki yil ichida Instagram narxi 49 marta oshgan.
Tahlilchilarning
fikricha, Instagram qiymatining oshishi ijtimoiy tarmoq
foydalanuvchilari sonining keskin ko‘payishi va reklamadan kelayotgan
daromadlar bilan izohlanadi.