У нас есть только
оригинальные песни

Facebook va Google Tinch okeani tubi bo‘ylab internet-kabel yotqizadi

calendar 14.10.2016
1137

Facebook va Google kompaniyalari Tinch okeani tubi bo‘ylab 12 800 kilometrlik internet-kabel yotqizish uchun birlashdi, deya xabar bermoqda “RBK”. Internet-kabel Los-Anjeles va Gonkongni birlashtiradi va Osiyoga xizmat ko‘rsatish uchun “port”ga aylanishi mumkin.

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, kompaniyalar Facebook’ning 1,7 milliard foydalanuvchilari videolari va Google serverlarida saqlanadigan hujjatlar tufayli har kuni ulkan hajmdagi ma’lumotlarga ishlov beradi.

Tinch okeanidagi yangi kabel 2018-yilda ishlashni boshlaydi. Bu Google o‘z ulushiga ega bo‘lgan oltinchi suv osti kabeli bo‘ladi, biroq Amerika va Osiyo o‘rtasidagi boshqa har qanday kabellar bilan solishtirganda, Google ma’lumotlariga ko‘ra, u eng yuqori o‘tkazish qobiliyatiga (soniyasiga 120 terabit) ega bo‘ladi.

Яндекс.Метрика