У нас есть только
оригинальные песни

Facebook yangi funksiyani sinovdan o'tkazmoqda - Unsend

calendar 08.04.2018
840

Facebook xabarlar uchun Unsend funksiyasini qo'shishni rejalashtirmoqda. Bu haqida kompaniya vakillari TechCrunch'ga ma`lum qilishdi.

6 aprel kuni Facebook vakillari kompaniya asoschisi Mark Tsukerberg yo'llagan xatlarni o'chirayotganini tasdiqlashdi. Ijtimoiy tarmoq vakillarining so'zlariga ko'ra, xavfsizlik nuqtai nazaridan shunday qilinmoqda: 2014 yilda Sony Pictures buzib kirilganidan keyin kompaniya Tsukerberg yo'llagan xabarlarni saqlash muddatini chegaraladi.

Oddiy foydalanuvchilar ham yozishmalardagi xatlarni o'chirishlari mumkin — biroq u suhbatning boshqa ishtirokchilarida saqlanib qoladi. Kompaniya TechCrunch bilan suhbatda barcha foydalanuvchilarga Unsend funksiyasiga kirish imkonini berishni rejalashtirayotganini ma`lum qilgan.

Manbaga ko'ra, bunday bayonot kompaniyaga ba`zi norozi foydalanuvchilarni tinchlantirishga yordam beradi. Ta`kidlanishicha, yangi funksiyaning beta-testeri hozircha faqat Tsukerbergga ko'rinadi. 

Яндекс.Метрика