У нас есть только
оригинальные песни

Facebook YouTube’ni «sindirmoqchi»

calendar 20.11.2017
1205

Videoblogerlar Facebook kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan samarali ilovani qabul qilib olishdi. Foydalanuvchilar videblogning montajida real vaqtda translyatsiyalarni tahrir qilishlari, videoeffektlar kiritishlari hamda videoqatorni lavhalar, ramkalar yoki stikerlar bilan to'ldirishlari mumkin. Creator ilovasi ham Facebook, ham Instagram’da paydo bo'ladigan videoga izohlarni bir vaqtda kuzatish imkonini beradi. Ilovadan foydalangan holda, videoblogerning sahifasini, videoning o'zini va profilga qancha obunachilar kirishini tahlil qilish imkoni ham yaratilgan.

Ekspertlar fikriga ko'ra, Creator’ning asosiy vazifasi YouTube’ga raqobat uyg'otishi mumkin bo'lgan resursni yaratishdan iborat. Videoblogerlarni jalb qilish «mukofotlar» olishning (mahsulot orqali pul topish) ixcham hamda samarali tizimi tufayli ancha muvaffaqiyatli bo'lishi mumkin. 

Ayni damda Creator ilovasini App Store’dan yuklab olish imkoni bor, Google Play’da esa yangilik yaqin vaqt ichida paydo bo'ladi.

Яндекс.Метрика