У нас есть только
оригинальные песни

Fan, adabiyot va san’at asarlariga mualliflik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bekor qilinadi

calendar 14.11.2016
889

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 20-oktabrdagi qaroriga binoan Intellektual mulk agentligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Qarorda agentlik vazifalarini ko‘rib chiqish, xalqaro huquq me’yorlariga to‘g‘ri kelmaydigan, eskirgan va xos bo‘lmagan vakolatlarni bekor qilish zarurligi qayd etilgan. Jumladan, fan, adabiyot va san’at asarlariga mualliflik huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (Bern konvensiyasiga ko‘ra, mualliflik huquqi asar yaratilishi bilan paydo bo‘ladi), jamoaviy asosda mulkiy huquqni boshqaruvchi tashkilotlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish (Adliya vazirligi vakolatlariga o‘xshash), mamlakat hududida intellektual mulk obyektlaridan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisobini yuritish (amaldagi ulardan foydalanishga litsenziya shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmini takrorlaydi) shunday funksiyalar sirasiga kiritilgan.

Shuningdek, 2016—2017-yillarda patent olish uchun buyurtmalarni elektron tarzda berish, “yagona oyna” tamoyili asosida mazkur sohada interaktiv davlat xizmatlarini joriy etishni ko‘zda tutuvchi “Intellektual mulk” axborot dasturi yaratiladi.

Яндекс.Метрика