У нас есть только
оригинальные песни

Fanlar Akademiyasining Genetika instituti amaldori pora ustida qo'lga tushdi

calendar 28.12.2015
874

                 

O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi institutida rahbar lavozimlardan birini egallagan Bahriddin Gaziev poraxo'rlikda ayblanib sudlandi. Bu haqda “Huquq” nashri xabar bermoqda.

Institutning Zangiota tumanida joylashgan ilmiy tajriba bazasining 6 ga eriga qulupnay ekilgan edi.

Bir kuni B. Gaziev tajriba xo'jaligini aylanib yurib, ish yurituvchi Inomjon Xolmurodovni chaqirgan va unga do'q-po'pisa qilib, ekin egalaridan ming dollar to'plab berishni talab qilgan, aks holda ekinlarni haydatib yuborishini aytgan.
Xolmurodov ekin egalari bilan maslahatlashgan holda tegishli idoralarga arz qilgan. Natijada Gaziev uning qo'lidan ming dollar poraolayotganida qo'lga tushirilgan.

Яндекс.Метрика