У нас есть только
оригинальные песни

Faqatgina boylik insonni baxtga eltmas ekan, yoxud sevgisini boylikka almashgan qizning iztiroblari...

calendar 03.09.2011
4016


Assalomu aleykum, qalbim ardog'i,Bu nomani o'qishingizni bilaman va "Ex, tentakkinam, buni ikki yil ilgari o'ylaganingda edi", deyishingizni ham bilaman. Bilmadim, buni o'qiganingizda qay holatga tushasiz, balki g'ashingiz kelar, balki nafratlanarsiz. Ammo dardimni kimgadur aytishim kerakku, axir men ham insonman. Ilk uchrashuvimiz yodingizdami? Maftunkor bahor fasli edi. Yomg'irning nafis tomchilari yer uzro ohista tushardi. Ammo bahor havosiga tushunib bo'lmaydi, birdan yomg'ir sharros yog'ib qolgandi o'shanda. Siz esa dab - durustdan, ruxsat ham so'ramasdan, soyabonim ostiga kirib olgandingiz. Jaxlimni yanada chiqarib, hech narsa bilmagandek, ketardingiz.Uzur ham so'ramadingiz. Hatto zig'ircha hijolat ham sezmadingiz. Men esa shart yurishdan to'xtadim, shundagina "Na muncha qizg'anchiq bo'lmasangiz, yaxshi hamki shakalat emas ekan, bir yamlab yutadigon" dedez. Hijolatdan o'layozgandim o'shanda. Bir so'z demasdan, yerga boqgancha qolgandim.

So'ng oradan biroz vaqt o'tib, bu voqeani unutdim. Yana o'sha yo'lda yolg'iz ketayotgan edim. Yo'lda katta yozuvlarda "Yaxshi qiz, o'sha kungi qo'polligim uchun uzur so'rayman va aybimni yuvish maqsadida sizga men bilan tanishish imkoniyatini beraman" deb yozilgandi. Brdan o'sha kungi surbet yigit yodimga tushdi. "Tavba, tanishish imkoniyatini berarmish, mega yulduzmidingki, sen bilan tanishib foyda topsam" deya jaxlim chiqdi. Ammo hayollarim siz tomon ketdi. Bunaqangi surbetliklar yanada ko'payaverdi. Dab durustda sevishishni taklif qilish, yana yigitlar bilan muloqotda bo'lishni taqiqlash. Men lol bo'lgancha qolaverardim. So'ng sizda ko'nglim borligini sezib qoldim. Sevdim, sevildim. Biz baxtli edik. Sizni surbet deb o'ylaganim uchun o'zimni koyirdim. Sizni qalbingizda mehr ummon kabi cheksiz edi. Doim yomon ko'zdan asrardingiz. Har qanday yomonlikdan himoya qilardingiz. Shu yusinda 3 yil o'tib ketibdi. 20 yoshga to'dim. Menga sovchilar kela boshladi. Orasida bir yigit menga juda maqul tushdi. Xuddi siz aytganingizdek "Sizdan ancha badavlat va ko'rkam" edi. Unga rozilik berdim. Chunki, boylikka uchdim. Jarag'-jarag' pullarim bo'lishini istadim. Qo'sha qo'sha tillolar tqishni istardim. Siz esa bunday sharoit yaratib berolmas edingiz. Uylanishga ham hali tayyor emasdingiz. So'ng to'yim bo'ldi. Keng hovlining kelinchagi edim. Sizni yodimdan ham chiqardim. Har kuni ko'nglim istagan taomlarni istemol qilardim, bozorga borib turli xil kiyim kechak va buyumlar harid qilardim. Hammasi o'zim xoxlagandek edi. Ammo bora bora bu hayot meni zeriktirdi. Turmush o'rtog'im uyga kech qaytardi, yana har xil qo'ng'iroqlar. Ko'ylagidagi lab bo'yog'ining izlari... Hamma hammasidan beza boshladim. Bu haqda turmush o'rtog'imga aytsam, to'rt tomoning qibla deydi. Xomilador edim. U kishiga : "Davron aka, ananas yegim kelyapti, olib keling" desam, "Yeging kelsa, borib olib kel" dedi. O'shanda ilk bor sizni qumsadim. Lekin juda kech edi. Men boylikni asirasi bo'lgandim. O'g'limga sizning ismingizni qo'ydim, ulg'aygach sizdek mehribon yigit bo'lsin deb. Maqsud, sizni juda juda sog'inyapman. Gunohga botyotganimni ham bilaman. Lekin nima qilay? Hammasidan charchadim. Zerikdim hayotdan. Ikki yil ilgari buni o'ylamagan ekanman hatto.O'ylaganimda, balki hozir baxtim to'kis bo'larmidi? Qattiq pushaymondaman, bevafongizni kechiring...

Mana azizlar, mening qilgan xatolarimdan siz ham voqif bo'ldingiz. Maqsadim, bu xato ham sizning baxtingizni to'shmasin.Sevgingiz uchun kurashing. Men amin bo'ldim, sevmagan yor bilan yashamoq og'ir ekan. Boylik har doim ham baxt keltiravermas ekan. Kambag'al, nochor, hatto gado bo'lsada, yoningizda sizni sevuvchi inson bo'lsin ekan...

Namli kipriklar pir - pirar unsiz,
Hech kim eshitmas ovozim, yig'larman sassiz.
Bu nigohim qachon boqadi namsiz,
Armonlarga o'ralib qolding, yoshligim essiz.

Kulmoq uchun shaylansam agar,
Lablarim qotib qolgan, aslo kulolmas,
Ko'ksimdagi dardim hech kim bilolmas,
Bilsada u darmon bo'lolmas.

Yuragim armon bilan to'lib bormoqda,
Sog'lommanu, yurak hasta urmoqda,
Sho'xliklarim bugun meni tark etdi,
Beg'ubor qiz bu kun o'lmoqda...


Яндекс.Метрика