У нас есть только
оригинальные песни

Farg'onada o'z farzandini 2 ming dollarga pullayotgan ayol qo'lga olindi

calendar 09.01.2016
2103

Farg'ona viloyatida o'zining yangi tug'ilgan bolasini 2200 dollarga sotmoqchi bo'lgan ayol qo'lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.Aytilishicha, Xolida Zaripovaning besh farzandi bo'lgan.

U bir necha yildan buyon tanishi Sharifjon Burxonov bilan shar'iy nikoh asosida yashab kelgan.Bir kuni u shifokorga uchrab, oltinchi farzandga homilador bo'lib qolganini bilgan. Ammo Zaripovaga oltinchi farzand kerak emasdi, negaki moddiy qiyinchilikda yashardi. U singlisi Durdona bilan maslahatlashib, bolani sotib yuborishga qaror qilgan.

Shu maqsadda opa-singillar Farg'ona tuman tibbiyot birlashmasi tug'ruq bo'limi boshlig'i Zubayda Ahrorovaga uchragan va bolani sotib berishni so'ragan. Shifokor ayol yaqinda tug'ilgan bolasi o'lib qolgan Odina Madaminovani “xaridor”likka ko'ndirgan.

Rejaga muvofiq, bolaning onasi 1800 dollar, o'rtadagi “dallol” Ahrorova esa 400 dollar olishi kerak edi.Ammo jinoyatchilar voqea joyida, jinoyat ustida qo'lga olingan.
Tuman sudi qarori bilan jinoiy kelishuv ishtirokchilarining bariga tegishli jazo tayinlandi.

Яндекс.Метрика