У нас есть только
оригинальные песни

Farg'onalik 116 yoshli Boydada

calendar 04.08.2016
2490

Chimyon qishlog'ining Qayilma ko'chasida 5 nafar farzand, 30 dan ortiq nabira, 20 dan ortiq chevara-yu, evaralarning bobosi istiqomat qiladi. 

Otahon ancha tetik, gap-so'zlari joyida, o'tmish voqealarni yahshi eslaydi. U Usmon Yusupov nomli, Log'on, Katta Farg'ona kanallari qazilishida bevosita ishtirok etgan. Urush yillarida fidokorona mehnat qilib, front ortini mustahkamlashga hissa qo'shgan. 

Butun umrini dalalarda o'tkazgan, rizq-nasibasini Yer bilan tillashib topgan tabarruk inson bilan suhbat qursangiz, u faqat shunday bahtli, dorilomon kunlarga Yetkazganiga shukr qiladi. 

- Bolalarim! Mehnatdan aslo qochmanglar. Halollikda gap ko'p. El-yurt oldida  ishlab obro' topinglar. Chunki, halol luqma Yegan, halq hizmatida bo'lgan inson hech qachon hor bo'lmaydi. Men ana shu tamoyillarga amal qilib yashadim, doimo yahshi niyatda umid bilan kun kechirdim. Yurtboshimiz Islom Karimovning umrlari uzoq bo'lsin. Chekka hududda yashashimga qaramasdan, o'z e`tiborlarini menga qaratib o'tgan yili Mustaqillik bayrami arafasida meni “Shuhrat” medali bilan taqdirladilar. Oddiy, keksa qishloq kishisiga bundan oriq baht bo'lishi mumkinmi?! – deydi otahon.

Яндекс.Метрика