Farg'onalik qiz kelinoyisini bolta bilan chopib o'ldirdi

                 

Farg'ona sudi kelinoyisini chopib o'ldirgan qizning ishini ko'rib chiqdi. Tergovchilar tomonidan aniqlashtirilgan voqea tafsilotlari “Huquq” gazetasida keltirildi.     

Aytilishicha, Xolxo'ja Soibov ismli erkakning o'g'illari Xolmatjon va Rahmatjon Rossiyaga ishlagani ketishgan. Xolmatjonning rafiqasi Salima Umarova qaynota va qaynonasi bilan uyda qolgan. Ammo bir necha oylardan so'ng qayin singlisi Nasiba bilan kelishmay qolgan. Ular deyarli har kuni janjallasha boshlagan.
Bir kuni Nasiba 4 yoshli jiyanini urgani tufayli navbatdagi janjal kelib chiqqan. Shu voqeadan so'ng kelinoyisidan o'ch olishga qaror qilgan Nasiba ota-onasi boshqa ish bilan band bo'lishini poylab turib, qo'liga bolta olgan hamda Salima o'g'li bilan uxlab yotgan xonaga kirib kelgan.

Qiz kelinoyisining dastlab ko'kragiga, so'ng bo'yniga va yuziga zarba bergan. Cho'chib uyg'onib ketgan 4 yoshli bolakay tashqariga qochib ketgan. Nasiba bolta bilan uning ketidan quvib, eta olmagan.
Shovqinni eshitib ko'chaga chiqqan Xolxo'ja Soibov bo'lib o'tgan ishlarni ko'rib dahshatga tushgan. Nasiba boltani tashlab, qo'shni uyga qochib ketgan; qo'shni ayol uning yuziga suv sepib tinchlantirgan. Nasiba o'sha kech hovli yonidagi makkazorda tong ottirgan. Kelasi kuni sahar soat beshlarda uni ushlab, tuman IIBga olib ketishgan.
Sud qarindoshining umriga zomin bo'lgan Nasiba Soibovani uzoq yillarga ozodlikdan mahrum qildi.


Комментарии (1) | Добавить: 28.12.2015
1. Doniyooor (28.12.2015 17:48)
Nima deyish mumkun bunday razil kimsalarga, oxrgi zamon bunchayam og'ir zamon.
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Bred Pitt Anjelina Jolining yoshligini eslatuvchi qiz bilan uchrashishni boshladi
Yulduzlarning gonorari: O‘zbekistonda qo‘shiqchi va aktyorlar qancha pul topadi?
Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga shaxsan tegishli bo'lgan buyumlarni xarid qiladi
Twitter xavfsizlik tizimini kuchaytiradi
Yangi vazirlikka ayol kishi rahbar etib tayinlandi
Apple rasmiy servislarda ta`mirlanmagan smartfonlarni bloklamoqchi
Qozog‘iston kartoshkasi qimmatlab, O‘zbekistonga olib chiqib ketilmoqda. O‘zbekistondagi talab Qozog‘iston kartoshka bozoriga qanday ta’sir
Putin dunyodagi geosiyosiy vaziyatga izoh berdi
Toshkentda yangi haydovchilik guvohnomalarining berilishi 20-oktabrdan boshlanadi
Toshkent, Sirdaryo, Jizzaxda terimchilar bir kilogramm paxta uchun 800 so‘mdan, qolgan hududlarda 700 so‘mdan haq olishni boshladi
Kreml: Putin o'z nomzodini qo'yishi haqida hozircha indamadi
Ishda unumli tanaffuslar tashkil qilishning 5 usuli
Go'sht va baliq narxlari oshmasligi uchun qaror qabul qilindi
O'zbekiston razvedkasi Britaniyadagi musobaqada g'olib bo'ldi
Ko‘proq narsaga ulgurish va kamroq charchashning 5 yo‘li
UZ ma’muriyati Osiyo-Tinch okeani yuqori daraja domenlari assotsiatsiyasiga a’zo bo‘lib kirdi
Buxoroda “balo-qazolardan xalos etish” evaziga 5 ming dollar olgan folbin qo‘lga olindi
MRB Lulu laqabli itni portlovchi moddalarni qidirishni istamagani uchun ishdan bo‘shatib yubordi
Koreyalik mutaxassislar Toshkent aeroportini yaxshilashga yordam beradi
Dunyoda har kuni 5 yoshgacha bo'lgan 15 ming bola hayotdan ko'z yumadi
20 oktabr kuni O'zbekistonda kutilayotgan ob-havo ma`lumoti
Sochi yaqinida o'zbekistonlik xavfli jinoyatchi ushlandi
Odil Ahmedov Osiyo chempionlari ligasi finalida o'ynamaydi
Muhammad payg‘ambar (s.a.v.) sevgan 10 ta oziq-ovqat
Shohruhxon va Asal Shodiyevadan yangi fotosessiya
Apple’ning yangi egiluvchan smartfoni haqida batafsil ma’lumotlar paydo bo‘ldi
Moskva sudi Telegram’ni FXX talabini bajarmagani uchun 14 ming dollar jarimaga tortdi
Ramzan Qodirov shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari​ning qabrini ziyorat qildi
Qirg'izistonning yangi prezidenti Sooronboy Jeenbekov, uning oilasi va qarindoshlari haqida nimalar ma`lum?
Qanday qilib uyqudan yaxshi kayfiyat bilan uyg‘onish mumkin?