У нас есть только
оригинальные песни

Farg‘ona viloyatida ayol erini yog‘och bo‘lagi bilan o‘ldirib qo‘ydi

calendar 25.06.2017
2033


Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida oilaviy janjal negizida ayol erini o‘ldirib qo‘ydi. 

Aytilishicha, janjal chog‘ida ayol erini ochiq ayvondan itarib yuborgan, so‘ng yog‘och bo‘lagi bilan uning boshiga urgan.

Erkak yaqin atrofdagi shifoxonaga yetkazildi, ammo, ko‘rsatilgan tibbiy yordamga qaramay, uning hayotini saqlab qolishning imkoniyati bo‘lmadi.

Ayolga nisbatan JKning 104-moddasi 3-bandi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Tergov davom etmoqda.

Яндекс.Метрика