У нас есть только
оригинальные песни

Farg‘ona vodiysida quyosh kollektorlari va fotoelektr stansiyalarini o‘rnatish ishlari olib borilmoqda

calendar 09.09.2015
1338

"Eko-energiya” ITM mutaxassislari tomonidan 7-sentabrdan 11-sentabrga qadar Farg‘ona vodiysi (Farg‘ona, Andijon, Namangan viloyatlari)da quyosh panellari va kollektorlarni o‘rnatish bo‘yicha ishlar olib boriladi. Bu haqda Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.

Bu 2015-yilda Atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy va biologik resurslardan oqilona foydalanish va ularni tiklash  bo‘yicha hududiy dasturlar doirasida amalga oshiriladi.

FESlar va kollektorlarni ijtimoiy ahamiyatga molik obyektlarda: Andijonda maktab ta’lim muassasasida; Namanganda viloyat tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasida; "Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturini amalga oshirish maqsadida Farg‘ona viloyatida qariyalar uyi va internatda o‘rnatish rejalashtirilgan.

Яндекс.Метрика