У нас есть только
оригинальные песни

Farg‘onada ichki ishlar muzeyi va Xotira xiyoboni tashkil etildi

calendar 20.05.2016
1586

Farg‘ona shahrida ichki ishlar tizimi tarixi va bugunidan hikoya qiluvchi muzey hamda el-yurt tinchligi yo‘lida jonini fido qilgan o‘g‘lonlar xotirasini abadiylashtirish maqsadida Xotira xiyoboni tashkil etildi, deb xabar bermoqda O‘zA. 

Farg‘ona viloyati IIB shaxsiy tarkib bilan ishlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, mayor Azizbek Umarovning ma’lum qilishicha, muzeydan ichki ishlar idoralari faoliyatiga oid ma’lumotlar, sohada ko‘p yillar ishlab nafaqaga chiqqan xodimlar, mustaqillik yillarida yuksak mukofotlarga sazovor bo‘lgan, shuningdek, xizmat vaqtida halok bo‘lgan osoyishtalik posbonlari haqidagi eksponatlar, ko‘rgazmalar joy olgan. 

Яндекс.Метрика