У нас есть только
оригинальные песни

Farg‘onada MIB ijrochisi hayotiga suiqasd qilindi

calendar 20.05.2018
1794

Farg‘ona viloyatining Buvayda tumanida MIB ijrochisiga jarohat yetkazildi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

18-may kuni MIB bo‘limi davlat ijrochisi B.B. MIB xodimlari bilan birgalikda “Yangiqo‘rg‘on” avtoshohbekatiga shu yerda joylashgan “Mahbuba Zulfiya” MChJga tegishli noqonuniy qurilgan devor va metall darvozani buzdirish uchun boradi.

“Dodho” MFYda yashovchi, muqaddam sudlangan A.A. xodimlarning ijro harakatlarini amalga oshirishga to‘sqinlik qilib, B.B.ning boshiga chopqi bilan urib, jarohat yetkazadi.

Hodisa oqibatida B.B kasalxonaga yotqizildi. Unga jarohat yetkazgan shaxs qo‘lga olindi.

Яндекс.Метрика