У нас есть только
оригинальные песни

Fazliddin G‘oibnazarov yengilmas bokschini mag‘lub etdi

calendar 15.07.2018
1007

O‘zbekistonlik professional bokschi Fazliddin G‘oibnazarov AQShning Nyu-Orlean shahrida o‘tkazilgan navbatdagi jangida amerikalik Kevin Jonsonga qarshi jang qildi. Bu haqda «Sports.uz» xabar berdi.

Jonson bungacha professional ringda beshta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongandi.

Mazkur to‘qnashuvda hamyurtimiz ustunlik qildi va 78:74 hisobida g‘alaba qozondi.

Shu tarzda Fazliddin G‘oibnazarov faoliyatidagi beshinchi jangini ham g‘alaba bilan yakunlab, mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirmoqda.

Яндекс.Метрика