Fazogir Solijan Sharipov: Markaziy Osiyoda yangi yilda ham tinchlik hukm surishini istayman!

              

Yangi yil arafasida fazogir Solijon Sharipov o'z yurtdoshlarini bayram bilan tabrikladi. U Markaziy Osiyoda kelayotgan yangi yil tinchlik va osoyishta bo'lishini tilab qoldi. Solijan Sharipov bu haqda Sputnik nashri muxbiriga bergan intervyusida aytib o'tdi.

Fazogir o'tayotgan 2015 yil u uchun omadli kelganini va qiz nabirali bo'lganini aytdi. U yangi yilni an'anaga ko'ra oila davrasida kutib olishini ma'lum qildi.

Solijon Sharipov o'zi uchun qadrdon bo'lgan o'zbek va qirg'iz xalqiga yangi yilda barcha yaxshi niyatlar ijobat bo'lishi, oilada farovonlik, sog'liq hukm surishini tilab qoldi.

“Yangi yilda men hammaga avvalambor sog'liq, oilada va ishda farovonlik tilab qolmoqchiman. Yangi yilda barcha o'ylagan ezgu niyatlaringiz amalga oshsin va eng asosiysi, Markaziy Osiyo, O'zbekiston, Qirg'iziston, Tojikiston va boshqa davlatlarda tinchlik hukm sursin.

Odamlar va xalqlar o'rtasidagi hamjihatlik va do'stona munosabatlar bardavom bo'lsin, barcha yomon narsalar, jumladan adovatlar eski yilda qolib ketsin. Yangi yilda biz hozirgidan ham baxtliroq bo'lishimizni tilayman!” , deb o'z tilaklarini bildirib o'tdi fazogir.


Комментарии (0) | Добавить: 27.12.2015
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]