У нас есть только
оригинальные песни

Fermer, dehqon xo'jaligi va tomorqa yer egalari kengashiga a`zolik badalini kim to'laydi?

calendar 26.12.2017
1032

Moliya vazirligi, Markaziy bank Boshqaruvi hamda Qishloq va suv xo'jaligi vazirligining qarori bilan (AV tomonidan 19.12.2017 yilda 2957-son bilan ro'yxatdan o'tkazilgan) Fermer xo'jaliklarining a`zolik badalini O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga o'tkazish va tasdiqlanadigan smeta asosida xarajat qilish tartibi to'g'risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.
 
Ma`lumot uchun: O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi (keyingi o'rinlarda – Kengash) Prezidentning 9.10.2017 yildagi PF–5199-son Farmoni bilan O'zbekiston Fermerlar kengashini qayta tashkil etish yo'li bilan tuzilgan edi. 
 
Belgilanishicha, paxta xom ashyosini yetishtiruvchi fermer xo'jaliklari har yili paxta xom ashyosi xarid narxida ko'zda tutiladigan 0,8% miqdordagi mablag'ni O'zbekiston fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga (keyingi o'rinlarda - Kengash) to'laydi. Qishloq xo'jaligining boshqa yo'nalishlardagi faoliyat turlari bilan shug'ullanuvchi fermer xo'jaliklari va yuridik shaxs maqomiga ega bo'lgan dehqon xo'jaliklari (keyingi o'rinlarda  – dehqon xo'jaliklari) a`zolik shartnomasida belgilangan miqdorda o'z daromadlari hisobidan to'laydi.
 
A`zolik shartnomasi a`zolik badalini to'lash uchun asos hisoblanadi, to'lovlar miqdori unda belgilanadi. Tuman fermer, dehqon xo'jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari (keyingi o'rinlarda - tuman kengashlari) tumanda faoliyat ko'rsatayotgan har bir fermer va dehqon xo'jaliklari bilan ixtiyoriylik asosida mazkur shartnomalarni tuzadi.
 
Paxtachilik fermer xo'jaliklarining maxsus hisobvarag'iga kirim qilingan mablag'lar (paxta xom ashyosi xarid narxining 0,8 foizi miqdorida)  to'lov talabnomalari asosida tijorat banklari tomonidan tuman kengashlarining maxsus hisobvaraqlariga o'tkazib beriladi. Boshqa fermer va dehqon xo'jaliklari esa mablag'larni to'lov topshiriqnomalariga muvofiq o'tkazib berishadi.
 
Pirovardida barcha mablag'lar Kengashning maxsus hisobvarag'ida yig'iladi va barcha darajadagi kengashlarning yillik daromadlar va xarajatlar smetalariga asosan foydalaniladi.
 
Hujjat 20.12.2017 yildan kuchga kirdi.   

Яндекс.Метрика