У нас есть только
оригинальные песни

Ferrari va Lamborghini Ukrainadagi savdolarini inqiroz sababli to'xtatdi

calendar 14.01.2016
1084

Ukrainada kechayotgan inqiroz sababli Ferrari va Lamborghini avtomobillari savdosi pasayib ketdi. 2014 yilda Ferrari Kiev avtosaloni 2 dona mashina sotgan bo'lsa, 2015 yilda esa bir dona sotdi xolos.

Shu munosabat bilan Ferrari va Lamborghini avtomobillarining rasmiy savdosi to'xtatildi, deyama'lum qildi ushbu markadagi mashinalarni etkazib beruvchi Vipos kompaniyasi bosh direktori Viktor Postelnikov ZN.ua internet nashriga.

“Ukranidagi murakkab vaziyat sababli bozor mazkur avtomobillarni rasman etkazib berishga tayyor emas. Shuningdek, har yili dilerlarga bo'lgan talab oshmoqda. Ferrari va Lamborghini kompaniyalari o'z standartlariga rioya qilishda qandaydir istisnolarni amalga oshirishni o'ziga ravo ko'rmaydi. Kam savdo va mamlakatdagi vaziyat esa shunchaki zararga olib boradigan bunday shartlarni bajarish esa katta investitsiyalarni talab qiladi”, - dedi Postelnikov.

Ma'lumot uchun, 2014 yilda Ukraina YaIM hajmi 6,8 foizga kamayib, inflyatsiya darajasi 24,9 foizni tashkil etdi. 2015 yilda esa Jahon valyuta fondi mamlakat YaIMning tushish darajasini 9 foiz deb belgiladi, inflyatsiya esa 46 foizga etdi.

Яндекс.Метрика