Feyk yangiliklarni qanday ajratish mumkin?

CNN jurnalisti Kristian Amanpur TED'dagi intervyusida feyk yangiliklar muammosini muhokama qildi va nima uchun haqiqiy dalillarni soxta xabarlardan ajratishni o'rganish zarurligi haqida so'zladi. 

Feyk yangiliklari nima o'zi?

Yaqqol misol — iqlim o'zgarishiga doir debatlar. Ma`lumotlarning 99,9 foizi ilm-fan tomonidan tasdiqlangan, biroq u iqlim o'zgarishlarini inkor qilayotganlarning bayonotlari bilan bir qatorda muhokama qilinmoqda. Feyk yangiliklar atamasi faqat so'nggi bir necha yilda paydo bo'ldi va bu shunchaki qo'llash mumkin bo'lgan so'z birikmasi emas. Soxta ma`lumotdan chinini ajrata olmas ekanmiz, yig'ilib qolgan muammolar yechimini topa olmaymiz. Bu esa haqiqatda tashvish uyg'otadi.

Shunday vaziyatlar bo'ladiki, ularga befarq qarab bo'lmaydi, aks holda vositachiga aylanasiz. Jurnalistlar uchun esa ob`yektivlik ayniqsa muhim. Ob`yektivlik nima ekani hammaga ham ma`lum emas. Ko'pchilik ob`yektiv bahoni ziddiyatning barcha tomonlarini teng ayblashda ko'radi. Biroq aslida ob`yektiv bo'lish - barcha tomonlarga o'z fikrini bayon qilish imkonini berish va ularni birdek tinglash, biroq ularni axloqiy jihatdan tan olmaslik yoki deyarli teng qabul qilish. 

Xalqaro qonunlar va inson huquqlarini qo'pol buzishdek vaziyatda nima haqiqatu nima to'qima ekanini tushunmasak, biz ham hamtovoqqa aylanib qolamiz.

Ular nimasi bilan xavfli?

Internet endigina rivojlana boshlaganida aksariyat uni bilim olish imkoniyatlarini bir necha barobarga oshiradi deb o'ylagan, shu bilan birga, axborot kanallarining ko'payishi ma`lumotlarning aniqligi va shaffofligini ta`minlaydigandek tuyulgan. Aslida esa, buning aksi bo'ldi, deb hisoblaydi Amanpur. Yangiliklar platformalari va ijtimoiy tarmoqlarning misli ko'rilmagan darajada ko'payib ketishi bilan odamlar o'z "qobig'i"ga o'ralib qola boshladi. Ular tor doiradagi qiziqishlar bilangina cheklanib, umumiy kartinani ko'rishmaydi.

Ommaviy axborotning an`anaviy vositalarida har holda muayyan normalarga rioya qilinardi. Voqealarning haqiqatga to'g'ri kelish yo kelmasligi tekshirilardi. Biroq endi aksariyat holatlarda nashr va yangiliklarni tarqatishdan maqsad o'quvchilar e`tiborini jalb qilish bo'lib qoldi. Tabiiyki, bu yo'lda ko'p ishonchsiz ma`lumotlar paydo bo'ladi.

Qanday himoyalanish mumkin?

  • Axborot manbalariga ehtiyotkorlik bilan yondashing;
  • Qanday yangiliklarni o'qiyotganingiz, tinglayotganingiz va ko'rayotganingizga mas`uliyat bilan yondashing4
  • Qancha ko'p axborot manbaini sahifalasangiz ham, doim birinchi navbatda bir necha ishonchli manbaga tayaning.

"Bugungi kunda muammolarimiz ko'lami shu qadar kattaki, haqiqatni qadrlaydigan va ilmiy isbotlangan dalillarga asoslanadigan dunyo fuqarolarining barchasi birga harakat qilmasa, halokatga yuz tutamiz", - deydi Kristian Amanpur.


Комментарии (0) | Добавить: 07.11.2017
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda
Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda 90 ming ish o‘rni yaratiladi
Coca-Cola’ning daromadi 5 marta tushib ketdi
Buxoroda baliqchilikni rivojlantirishga 100 milliard so‘m ajratiladi
MIBga qarzdorlarning plastik kartochkasidan pul yechib olish huquqi berildi
Avtomobillar oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun notarial to‘lov arzonlashdi