У нас есть только
оригинальные песни

Fidjet spinnerlar haqida barcha haqiqatlar

calendar 21.07.2017
2186

Fidjet spinnerlar yoki shunchaki spinnerlar qayerdan paydo bo‘ldi, bizgacha qanday yetib keldi? Eng muhimi, ular yana qancha yashaydi? Gmbox nashri Amerikaning mazkur kichkina buyumi qanday qilib millionlab daromad keltirgani haqida hikoya qiladi.

Balki spinnerlarning bir necha oylik umri qolgandir. Biroq hozircha ular hayot. Aloqa salonlari va o‘yinchoq do‘konlari haqida gapirmasa ham bo‘ladi: mahalliy alkashlar uchun mo‘ljallangan shubhali palatkalar o‘z temir eshiklariga “Spinnerlar!” degan e’lonni ilib qo‘yishgan, to‘ladan kelgan ayollar ularni muzqaymoq, soyabon va paypoqlar bilan birga elektrichkalarda sotmoqda.

Original spinnerni yaratgan insonni topish oson ish emas. Florida shtatida yashovchi Ketrin Xettinger bu sharaf aynan unga tegishli ekanligini ta’kidlaydi. Xettinger uning o‘yinchog‘i zamonaviy spinnerga o‘xshamasligini ma’lum qilsa-da, o‘zini aylantirish nazariyasining pioneri va faylasufi deb ataydi.

G‘oya Ketrinda uzoq 1993-yilda shakllangan. O‘shanda u lotincha nomlanishi Myasthenia Gravis bo‘lgan autoimmun buzilishning mushaklar zaifligidan aziyat chekar edi. Bechora ayol qizi bilan oddiy o‘yinchoqlarni ham o‘ynay olmasdi, shuning uchun gazeta qog‘ozi va izolentadan yengil vaznli obyekt yasashga majbur bo‘ldi. Bu buyum NUJ yoki frisbi likopchasini eslatar edi. Albatta, u bilan o‘ynashning asosiy tamoyili aylantirish edi.

Vaqt o‘tishi bilan Xettinger sog‘ayib ketdi va o‘zining aylantiriluvchi o‘yinchoqlarini ishonchliroq materiallardan yasashni o‘rgandi. Ular ommalashib ketdi: 90-yillarning oxirida ayol ularni Floridaning turli yarmarkalarida muvaffaqiyatli sotishga erishdi.

1997-yilda Xettinger o‘z ixtirosini patentladi va Hasbro bilan muzokaralar olib bora boshladi. Biroq noma’lum sababga ko‘ra, oddiy floridaliklardan faqrli ravishda bu taklif Amerika o‘yinchoq gigantida qiziqish uyg‘otmadi. 2005-yilda patent muddati tugab, uni yangilash uchun mablag‘ topilmaydi.

2017-yilda ommaviy telbalik boshlangandan so‘ng, Xettinger Kickstarter’da “Klassik spiner”ga yangi hayot bag‘ishlash bo‘yicha kampaniyani ishga tushirdi, biroq mablag‘ jalb etishga erisha olmadi. Ommaga yangi spinnerlar kerak edi.

Ushbu ilmiy-texnik termin neoklassik tushunchasiga maksimal yaqin birinchi haqiqiy spinner Torqbar bo‘ldi. Odatiy uch bo‘limli konstruksiya o‘rniga ikki bo‘limlisini ko‘z oldingizga keltiring — ana shu Torqbar’dir. Uni Skott MakKoskeri nomli IT-mutaxassis kashf etdi. Aynan uni spinnerlarning asoschisi deb hisoblash mumkin.

MakKoskeri o‘z ishining ajralmas qismi hisoblangan son-sanoqsiz uchrashuv va konferens-qo‘ng‘iroqlar uni haddan tashqari holdan toydirganini tan oladi. Natijada u ruchka chiqilatish, qalamtaroshni ochib-yopish va boshqa shu kabi harakatlarni takrorlashga majbur bo‘lgan. 2014-yilda MakKoskeri bu yetarli emasligini tushunib yetdi va aylantirish uchun universal obyektni kashf qildi.

Shundan keyin aytishnik ko‘pchilik boshqa odamlar ham ishda zerikishi mumkinligini kashf etdi. Ixtirochi MD Engineering firmasini ro‘yxatdan o‘tkazdi va u orqali o‘z devayslarini high end ofis o‘yinchoqlari sifatida sota boshladi. MakKoskeri ular uchun misli ko‘rilmagan qiymat: donasiga 300 dollar belgiladi. Shunga qaramasdan, unga talab bo‘ldi. Mazkur talab Times jurnali Torqbar’ni “ofis uchun mast-xev gadjet” deb atagandan so‘ng yanada oshib ketdi.

Biroq MakKoskeri patentni ro‘yxatdan o‘tkazishda hayalladi va u buyuk Osmonosti mamlakati raqobatiga duch keldi. Konstruksiyaga uchinchi qanotni kim qo‘shganligi noma’lum. Ehtimol, u uchta og‘irlik markaziga ega bo‘lgan obyekt ikkitasiga nisbatan uzoqroq aylanishini tushunib yetgan xitoylik muhandisdir.

Bu qanday daromad keltirishini birinchi bo‘lib ishchi kuchi va materialga ega bo‘lgan mobil telefon ishlab chiqaruvchi Xitoy fabrikalari anglab yetdi. Vice hisob-kitobiga ko‘ra, o‘rtacha o‘lchamdagi zavod smartfon ishlab chiqarishni to‘xtatmagan holda kuniga 10 000 ta spinner chiqarishi mumkin. Bunda ularning tannarxi bor-yo‘g‘i 0,25 dollarni tashkil etadi. Bundan tashqari, ushbu fabrikalar ko‘tarachilari butun Shimoliy Amerika aloqa salonlari bilan ajoyib ishchi aloqalarni yo‘lga qo‘ygan edi. Natijada spinnerlar dastlab ushbu mamlakatni, keyinroq butun dunyoni bosib ketdi.

Spinnerlar haqida ko‘plab afsona va miflar yuzaga kelgan, ulardan asosiysi ularning foydali ekanligidir. Aylanayotgan buyumlar go‘yoki ADHD, ya’ni asosan bolalarda rivojlangan giperfaollik va e’tibor yetishmovchiligiga qarshi kurashishda yordam beradi.

Dyuk universiteti psixologiya doktori Skott Kollinz spinnerlar o‘quvchilarga avtomatik sharikli ruchkalar yoki smartfonlar kabi “yordam berishi” — ya’ni ularni ayovsiz chalg‘itib, zarar keltirishini ta’kidlaydi.

Biroq mashhur ruhshunoslarning fikri bu yerda ahamiyatsiz. Fidjet spinnerlar xuddi Pokemon Go kabi o‘z-o‘zidan so‘nib ketuvchi yozgi telbalikdir. Biroq Gmbox uning o‘rnini kub egallashi mumkinligini bashorat qiladi.

2016-yildayoq aka-uka Mark va Metyu MakLaxleni Fidjet Cube — ko‘plab ma’nosiz tugmalar va pereklyuchatellarga ega bo‘lgan kubikni kashf etdi. Uni nafaqat aylantirish, balki barcha tugmalarini bosish ham mumkin. Aka-uka Kickstarter’da kampaniyani ishga tushirdi, xalqdan bor-yo‘g‘i 15 ming dollar so‘radi… biroq 6 million to‘pladi.

Bu kichkina buyum hozirda AQSh bozorlarini bosib ketmoqda. Bu kabi trendlar olti oylik kechikish bilan yetib kelishini hisobga olsak, keyingi bahorda katta ehtimol bilan o‘smirlarning: “Fidjet spinner!? Sen 2017-yilda qolib ketibsan. Hozir fidjet kyub trendda” degan so‘zlarini eshitish mumkin.

Яндекс.Метрика