У нас есть только
оригинальные песни

FIFA JCh ishtirokchilari soni oshirilishiga bo'yicha bir qarorga kela olmadi

calendar 05.12.2015
1061

4 dekabr kuni FIFA Ijroiya qo'mitasi yig'ilishida Jahon chempionati ishtirokchilari sonini oshirish masalasi ko'rib chiqildi. Aksariyat delegatlar ishtirokchilar soni oshirilishiga qarshi chiqishgan. Yakuniy qaror qo'shimcha yig'ilish o'tkazilgach, qabul qilinishi aytilgan.

Kutilganidek, yig'ilishda jahon chempionati final bosqichidagi ishtirokchilar sonining oshishiga Osiyo va Afrika davlatlari xayrixohlik qilishgan. Shuningdek, FIFA prezidentligi uchun nomzod, UЕFA Bosh kotibi Janni Infantino ham ushbu tashabbusni qo'llab-quvvatlagan.

Bundan oldinroq, FIFA 2026 yilgi jahon chempionatidan boshlab ishtirokchi davlatlar sonini 32tadan 40tagacha oshirish loyihasini ko'rib chiqishi haqida xabar qilingandi.

Ma'lumot uchun, 1998 yilgi jahon chempionatidan buyon mundialning final bosqichida 32ta terma jamoa ishtirok etib kelmoqda.

Яндекс.Метрика