У нас есть только
оригинальные песни

FIFA prezidenti Infantino Maradona va Messini taqqoslab ko'rdi

calendar 10.10.2017
1550

FIFA prezidenti Janni Infantino Argentina sharafini himoya qiluvchi futbolchilar, «Napoli»ning sobiq hujumchisi Diyego Maradona bilan «Barselona» to'purari Lionel Messini taqqoslab ko'rdi.

Infantino fikriga ko'ra, Messi Maradonaga yetib olishi uchun, jahon chempionatida g'olib chiqishi shart.

«Maradona jamoada hal qiluvchi ahamiyatga ega rollarni bajarib, sovrinlarni yutib olgan. U haqiqatdan ham maydondagi sehrgar edi. Biz Diyegoning futbol uchun qilgan xizmatini hurmat qilishimiz shart. U bajargan ishlar rahbariyat yoki prezident qo'lidan kelmasligi aniq. Maradona Argentina yoki «Napoli» muxlisi bo'lishdan qat`iy nazar, futbolni yaxshi ko'rib qolishimizga sabab bo'lgan.

Messi esa o'ziga xos futbolchi. Ularning har ikkalasi futbol tarixida iz qoldirdi: 80-90 yillar Maradona davri edi, so'nggi 10 yil esa Messiga tegishli.

Maradona jahon chempionatida g'olib chiqqan, endi Messi ham shu ishni qilishi kerak. Dunyoda, mundialda g'olib chiqmagan buyuk futbolchilar ko'p. Shuningdek, buyuk bo'lmasa ham, jahon chempionatida g'olib chiqqan futbolchilar ham bor. Futbolning go'zalligi mana shunda.

Messi 2022 yildagi jahon chempionatida ishtirok etadimi? Balki ishtirok etar. Agar uning maydondagi harakatlarini kuzatsak, hech kim undan to'pni olib qo'yolmaydigandek tuyuladi. Messi hech qachon bukilmaydi va kasal bo'lmaydi. U shunchalik tezkorki, hatto istalgan taqdirda ham uning oyog'iga tepishning iloji yo'q», — dedi Infantino La Nación nashriga bergan intervyusida.

Яндекс.Метрика