У нас есть только
оригинальные песни

FIFA reytingi: O'zbekiston bir pog'ona yuqoriladi

calendar 07.01.2016
1168

FIFA rasmiy sayti yanvar oyi uchun terma jamoalar reytingini e'lon qildi.

Unga ko'ra O'zbekiston milliy terma jamoasi 73-o'rindan joy oldi.

Ushbu ko'rsatkich bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Osiyo bo'yicha 6-o'rinda. Qit'adagi eng yaxshi natija hamon Eronga tegishli bo'lib, ayni vaqtda eronliklar umumiy reytingda 43 o'rinni egallab turibdi. Osiyo vakillari orasida Janubiy Koreya (51 o'rinda), Yaponiya (53 o'rinda), Avstraliya (59 o'rinda), BAA (64 o'rinda) kabi terma jamoalar O'zbekiston terma jamoasidan yuqorida joylashgan.

Quyiroqda esa Saudiya Arabistoni va Xitoy o'rin olgan. Eslatib o'tamiz, bir oy muqaddam O'zbekiston MTJ 74-o'rinda qayd etilgan edi.

FIFA reytingidagi etakchilarning o'rni o'zgarmagan. 1494 ochko jamg'argan Belgiya terma jamoasi hamon birinchi, 1455 ochko jamg'argan Argentina ikkinchi, 1370 ochko jamg'argan Ispaniya terma jamoasi uchinchi o'rinda joylashgan.

FIFA reytingi:

1. Belgiya — 1494 ochko

2. Argentina — 1455

3. Ispaniya — 1370

4. Germaniya — 1347

5. Chili — 1269

6. Braziliya — 1251

7. Portugaliya — 1219

8. Kolumbiya — 1211

9. Angliya — 1106

10. Avstriya — 1091

43. Eron — 672

51. Janubiy Koreya — 617

53. Yaponiya — 607

59. Avstraliya — 583

64. BAA — 547

73. O'ZBЕKISTON — 489

Яндекс.Метрика