У нас есть только
оригинальные песни

FIFAda yana bir yirik amaldor iste'foga chiqarildi

calendar 13.01.2016
1025

Xalqaro futbol uyushmasi FIFA korruptsiya bilan bog'liq jinoyatlarda ayblanayotgan tashkilot Bosh kotibi Jerom Valkening iste'foga chiqarilganini rasman ma'lum qildi. Xabar tashkilot rasmiy saytigajoylashtirilgan.

Valkeni iste'foga chiqarish bo'yicha qaror 9 yanvar kuni qabul qilingan. FIFA Bosh kotibi lavozimini Markus Kattner vaqtinchalik boshqarishda davom etadi.

Oldinroq, uning FIFA axloq qoidlarining bir necha normalarini buzgani, jumladan turli sovg'alar va turli imtiyozlarni ma'lum manfaat yo'lida qabul qilgani aniqlangandi.

2015 yilning 8 oktyabrida Valke 90 kunga futboldagi faoliyatidan chetlashtirilgan, keyinchalik bu muddat yana 45 kunga uzaytirilgandi. 7 yanvar kuni FIFA axloq qo'mitasining arbitraj palatasi unga nisbatan ish ochilganini e'lon qilgandi.

Яндекс.Метрика