У нас есть только
оригинальные песни

Filipp Kirkorovning 83 yoshli otasi rafiqasi bilan ajrashdi

calendar 25.11.2015
1538

Taniqli artist Filipp Kirkorovning otasi bo‘lmish Bedros Kirkorovning hayoti so‘nggi paytlarda uncha shirin kechmadi. Turli marosimlarda unga hamrohlik qiluvchi rafiqasi Lyudmila Smirnova endi uning yonida ko‘rinmay qoldi. O‘rnini esa yosh mallasoch qiz egalladi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar bermoqda.

“Tanishing, Tatyana! U marosimlarni tashkillashtiruvchi agentlikda ishlaydi”, – dedi u hamrohini jurnalistlarga tanishtirar ekan. Qonuniy xotini haqida berilgan savolga, “U endi boshqa shaharda yashayapti”, deb javob qaytargan.

Kirkorov birinchi rafiqasi vafotidan so‘ng uch yil yolg‘iz yashadi. So‘ngra 1997-yilda iqtisod fanlari doktori Lyudmila Smirnovaga uylandi. Uning bu ishidan qattiq xafa bo‘lgan Filipp, nikohni sotqinlik bilan tenglashtirgan edi. Qaysidir muddat ular gaplashmay yurdi.

Bedros va Lyudmilaning hayoti yengil o‘tmadi. 2002-yilda shifokorlarning xatosi tufayli qizlari Kseniya olamdan o‘tdi.

Яндекс.Метрика