Firibgarlarning yangicha hiylasi: ​Facebook'dagi «blondinkalar»​dan ogoh bo'ling!

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar kundalik turmushda tobora chuqurroq o'rin egallab bormoqda. Dastlab undan qulay aloqa o'rnatish maqsadida foydalanilgan bo'lsa, hozir ijtimoiy tarmoq allaqachon o'zaro muloqotning asosiy vositasiga aylanib ulgurgan. Facebook esa O'zbekistonda foydalaniladigan yetakchi ijtimoiy tarmoqlardan biri hisoblanadi.

Kun.uz tahririyatiga yo'llangan murojaatlarning biri aynan virtual olamdagi tanishuvlar bilan bog'liq. Ayni paytda, akkaunt bosh suratida chet ellik malla soch xonimlar tasvirlangan Facebook'ning o'zbekistonlik foydalanuvchilariga do'stlik taklifi bilan chiqayotganlar ko'paygandan-ko'paymoqda. Bunday takliflar asosan erkak kishilarga nisbatan yuborilayotgan bo'lib, profil egalarining aksariyati, tarmoq so'rovnomasida, asli Fransiyadan ekani iddao qilinadi. Ayrimlari hatto yashash joyini Toshkent, Buxoro yoki Jizzax sifatida belgilab olgani hayratlanarli holat. Tabiiy savol paydo bo'ladi: bu malla soch xonimlarga o'zbekistonliklardan nima kerak bo'lishi mumkin?

Masala jiddiy yondashmoqchi bo'lganimizdayoq, ushbu ijtimoiy o'yinning «qurbon»lari paydo bo'lgan. O'z shaxsini sir saqlashni so'ragan Facebook foydalanuvchisining aytishiga qaraganda, do'stlik taklifidan ko'zlangan maqsad firibgarlik yo'li bilan pul undirib olish bo'lgan.

«Do'stlikni qabul qilishim bilanoq, menga ingliz tilida tanishuv xabarlari kela boshladi. Bu tilni o'rganishga bo'lgan qiziqishim chatni davom ettirishga undadi. «Burton Stanely»​ deb nomlangan profil egasi men haqimdagi ayrim (uylanganlik, bolalarim bor yoki yo'qligi va ishim to'g'risidagi) savollarga javob olgandan so'ng videomuloqotga kirishish fikrini o'rtaga tashladi. Qiz bolaning o'zi shunday taklif bilan chiqsayu (kamiga chet ellik), biz yo'q deymizmi qabilada men ham rozi bo'ldim. Muloqot boshlanishi bilan qiz kiyimlaridan xoli bo'la boshladi. U yog'ini aytishga tilim bormaydi. Shayton yo'ldan urdi…»​ – deydi kutilmagan vaziyatga tushib qolgan yigit.

Ma`lum bo'lishicha, virtual olamdagi bu mallasoch, videomuloqotni to'liq yozib olib, uni tarqatmaslik evaziga 1500 AQSh dollari talab qilgan. Facebook'ning ishlash tizimini yaxshi tushunadigan do'stlari yordamida yigit bu akkauntga «spam»​ berishga erishadi, lekin ustasi faranglar yangi «Paola Sandra»​ nomi bilan ochilgan profil orqali shantajni davom ettirishgan. Mashmasha 1500 dollar pul bilan tugamasligini tushungan holda, taqdirga tan berib, Facebook'ni butkul tark etish – eng ma`qul variantdek ko'ringan va shunday qilingan. Videoga kelsak, «Bag'dodda hammayoq tinch»​, hozircha.

«Aytishlaricha, shoh soxta emish?!»​

O'tkazilgan kichik tekshiruv natijasida aniq bo'ldiki, «fransiyaliklar»​ fransuzcha bilmaydi. Ular fransuz tilidagi xabarlarga javob bera olishmagan, ingliz tilidagi yozishmalar ham avvaldan tayyorlangan bo'lib, shablon asosida har kimga birdek jo'natish uchun mo'ljallangan. Katta ehtimol bilan bir kishi o'nlab soxta foydalanuvchilar nomidan ijtimoiy tarmoqda ish olib bormoqda.

Ogoh bo'ling!

Facebook'ning o'zbek auditoriyasi kuniga 4-5 nafar chet ellikning do'stlik taklifiga duch kelayotgani aholi orasida biroz tushunmovchilikka sabab bo'lmoqda. «Bir balosi bo'lmasa, shudgorda quyruq na qilur»​ – deb bejizga aytishmagan. Turli xayollar og'ushida, uzoqni o'ylamasdan internetdagi notanish kishilar bilan aloqa o'rnatishga shoshilmang, zero hech bir ish shunchaki, manfaatsiz amalga oshirilmaydi.


Комментарии (0) | Добавить: 19.08.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
Поиск MP3 и Клипы

«Новости»

Kunduzgi uyqu hayot uchun xavfli deb topildi
Nonushtaga banan? Yo‘q, bu xavfli
Oiladagi janjalda uka halok bo'ldi
Ekologik falokatda faqat Rossiya manfaat olishi mumkinligi ma`lum bo'ldi
Tramp Xitoyni “talon-tarojlik”da aybladi
Pxenyandagi parad ko'p yillar davomida ilk marta ballistik raketalar namoyishisiz o'tdi
Olimlar uyqusizlik sabab semirish ehtimoli yuqori ekanligini aniqlashdi
O‘zbekistonda Facebook bilan bog‘liq muammolar fonida mobil VPN ommaviyligi keskin oshdi
Bosh vazir o'rinbosari: «Ayollarga nisbatan zo'ravonlikka chek qo'yaylik!»
Ilonlar qurg'oqchilikdan keyin kamroq, yog'ingarchilikdan keyin ko'proq chaqishi aniqlandi
2019 yilda O'zbekistonda ko'pkari bo'yicha ilk jahon chempionati o'tkaziladi
Mi 8 Pro xalqaro bozorga chiqyapti – u Xiaomi’ning yangi flagmanimi?
Ikki daqiqada uyquga ketish mumkin. Amerikalik harbiylar usuli
“Ular me’yordan chiqishgan”. Olimjon Xudoynazarov “Dizayn” jamoasining tarqalgan audiolariga munosabat bildirdi (video)
Jurnalistlar Trampni sovuq urush uslubida masxara qildi
Saloh Misr terma jamoasi o'yinida 2 gol urib, 2 golga pas berdi va 2 penaltini urolmadi
Rustam Sa’diyev “Baron 2” filmining suratga olish ishlari qaysi davlatlarda bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi
«Telegram»ning «klon»i paydo bo‘ldi
Alisher Usmonov tug‘ilgan kunini taniqli oligarxlar bilan Toshkentda nishonlamoqchi
Majburiy mehnatga jalb qilinganlar uchun ishonch telefonlari ishga tushirilmoqda
O'zbekistonda 10 sentabrdan 9 raqamli raqamlash tizimiga o'tiladi
Salbiy kayfiyatda uyg'onish – o'ta xavfli
Shahram G'iyosov navbatdagi raqibini ma`lum qildi. Bu uning faoliyatidagi eng kuchli raqib
Tramp Apple’ga ishlab chiqarishini AQShga qaytarishni tavsiya qildi
Ayrim mahsulotlarni birga iste`mol qilib bo'lmaydi. Shu to'g'rimi?
15 sentabr “Avtomobilsiz kun” aksiyasiga start beriladi
Makgregor UFC chempioni bo'lgan qizga ruhiy jarohat yetkazdi
Pasport yo'qolganda nima qilish kerak
Qanday xodimlarga dastlabki sinov belgilanmaydi?
Facebook ishlamayaptimi: unda sizga VPN yordam beradi