У нас есть только
оригинальные песни

Forbes 2015-yilning eng ko‘p haq oluvchi aktrisasi nomini e’lon qildi

calendar 22.08.2015
1531

Nufuzli Forbes jurnali 2015-yilning eng ko‘p haq oluvchi aktrisalari ro‘yxatini e’lon qildi. Reytingda "Ochlik o‘yinlari” filmi yulduzi Jennifer Lourens birinchi bo‘ldi.

Qayd etishlaricha, yosh aktrisa 2014-yilning iyunidan 2015-yilning iyuniga qadar 52 million dollar ishlab topgan.

Ikkinchi o‘rinni Skarlett Yohansson egallagan — o‘tgan bir yil davomida uning ishtirokidagi ikkita katta loyiha — "Qasoskorlar” filmining ikkinchi qismi va "Lyusi” fantastik jangari filmi ekranlarga chiqdi.

Yohansson so‘nggi bir yil davomida 35,5 million dollar ishlab topdi. Kuchli uchlikni to‘ldirgan Melissa MakKarti esa, jami 23 million dollar gonorar olgan.

2015-yilning eng ko‘p haq oluvchi aktrisalari o‘nligi

  1. Jennifer Lourens – 52 million dollar
  2. Skarlett Yohansson – 35,5 million dollar
  3. Melissa MakKarti – 23 million dollar
  4. Binbin Fan – 21 million dollar
  5. Jennifer Eniston – 16,5 million dollar
  6. Juliya Roberts – 16 million dollar
  7. Anjelina Joli va Riz Uizerspun – 15 million dollar
  8. Enn Xetauey va Kristen Styuart – 12 million dollar
  9. Kemeron Dias – 11 million dollar
  10. Gvinet Peltrou – 9 million dollar

2014-yilgi reytingda birinchi bo‘lgan Sandra Bullok bu safar hatto o‘nlikka ham kira olmadi. So‘nggi bir yil davomida taniqli aktrisa 8 million dollar ishladi, xolos.

Яндекс.Метрика