Forbes 2015 yilning eng yomon bosh direktorlari reytingini tuzdi

Forbes jurnali AQSh biznes maktablarining ko'zga ko'ringan uch professori bilan hamkorlikda 2015 yilning eng yomon 10 bosh direktorining reytingini tuzib chiqdi. Material nashrning saytida chop etildi.

Ro'yxatda birinchi o'rinda Turing Pharmaceuticals’ning sobiq rahbari Martin Shkreli turibdi. Uning kompaniyasi 2015 yil avgustida Daraprim dori vositasini ishlab chiqarishga patent oldi. Bu farmatsevtik vosita 60 yildan buyon toskoplazmozni davolashda qo'llanadi; kompaniya uning narxini 55 barobarga oshirib yubordi.

Biznesmen bu qarorni olingan mablag'ni yangi dori vositasi ishlanmalariga yo'naltirish maqsadi bilan tushuntirdi. Dekabr oyida AQSh Federal qidiruv byurosi Shkrelini qimmatbaho qog'ozlar bilan bog'liq firibgarlikda aybladi, shundan so'ng u kompaniya boshqaruvi tepasidan ketdi.

Keyingi o'rinda Volkswagen bosh direktori Martin Vinterkorn turibdi. Uning iste'fosi dizel janjali bilan bog'liq bo'ldi. Eslatib o'tamiz, AQSh hukumati korporatsiyaning mashinalarida ekologik tozalik ko'rsatkichlari noto'g'ri ishlashini, aslida transportlar ob-havoga ko'rsatilganidan ko'proq zarar keltirishini aniqlashdi. 23 sentyabr kuni Vinterkorn iste'fo berdi, ammo, javobgarlikni zimmasiga olish bilan birga, qonunbuzarlikni tan olmadi.

Yahoo bosh direktori Marissa Meyers ilgari Google’ning superyulduzi hisoblangan. U Yahoo qiyin kunlarni boshidan kechirayotganida kompaniya boshiga keldi, ammo endilikda uning asosiy biznesi nol qiymatga ega bo'lib turibdi.
Ro'yxatga, shuningdek, Tinder uchrashuvlar ilovasi asoschilaridan biri Shon Red kirdi. U Match Group aktsiyalarining birjaga joylashtirilishi kuni Evening Standard gazetasiga bergan intervyusida jinsiy hayoti haqida ochiq gapirdi, uning so'zlariga ko'plab muhokamalarni keltirib chiqardi.

O'nlikka Valeant farmatsevtik kompaniyasi rahbari Maykl Pirson, Pertobras neft-gaz korporatsiyasi rahbari Mariya das Grasas Foster, xavfsizlik yostiqlari ishlab chiqaruvchi Takata kompaniyasi bosh direktori Sigexisa Takadu, United Continental aviakompaniyasi boshlig'i Jeffri Smisek, Dole Food oziq-ovqat kompaniyasi rahbari Devid Myordok hamda qon tahlili yordamida tashxis qo'yish borasida innovatsion metodikalarni ishlab chiqaruvchi Theranos firmasi direktori Elizabet Xolms kiritildi.

Forbes mualliflaririning ta'kidlashicha, tilga olingan top-menejerlarning to'rt nafari o'z mansablarini tark etgan.“Qolganlari o'z mansablarida qoldi, biror ishni noto'g'ri qilganini tan olishmadi, lekin ularning harakatlari ulkan muammolarni keltirib chiqargani shubhasiz fatdir”, - deb xulosa qilinadi materialda.


Комментарии (0) | Добавить: 30.12.2015
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

Babayan Tailand va Eronga qarshi o'yinlarga jalb etilgan futbolchilarni e`lon qildi. Yangi nomlar bor
Davlat test markazi rahbari o'zgardi
«Barselona» yangi formasini namoyish etdi
Toshkentda “Captiva” va “Prado” avtomobillaridan 7 mln so'mdan ortiq mol-mulkni o'g'irlagan shaxs ushlandi
Noutbuk xarid qilayotganda 10 ta ommaviy xato
Aholi soni bo'yicha Xitoy ortda qoldirildi
Nokia 9 rekord darajadagi operativ xotiraga ega bo‘ladi
Samsung suv tushishidan himoyalangan Galaxy Feel smartfonini namoyish qildi
1 iyundan boshlab "GM Uzbekistan" barcha avtomobillari so'mda sotilishi yo'lga qo'yiladi
Toshkentda oq qulupnay sotilmoqda
Yaxshi tayyorgarlik ko'ra olmagan Jahongir Otajonovning konsertni qanday o'tdi
Chiroyli sochlarning 5 dushmani
Tirsak va tizza terisiga yoshlikni qaytarish usullari
Forbes eng serdaromad futbolchilar kimligini ma`lum qildi
Chempionlar ligasi finali ilk bor tomi yopiq stadionda o'tkaziladi
Balotelli: "Oltin to'p"ni yutishim uchun Messi va Ronalduni o'ldirishim kerak
Shoygu o'zbekistonlik hamkasbiga G'alaba Bayrog'i nusxasini topshirdi
Organizmni tozalashga yordam beruvchi mahsulotlar nomi ma`lum qilindi
Ofis xodimlari uchun oddiy mashqlar to‘plami
Ertalabki shoshma-shosharlikni yengishning 9 ta yo‘li
Ramazon oyida to'g'ri taomlanish uchun foydali maslahatlar
TOP-7: Eng qimmatbaho mobil telefonlar
Samsung allaqachon «Star» nomli Galaxy S9 ustida ish boshlagan
Joriy yil uchun zakot, fitr sadaqa va fidya miqdori belgilandi
Tvorog insult va infarktning oldini olishda foydali
Internet orqali mahsulot xarid qilishda ehtiyot bo'ling
Markaziy bank boshqaruvi kimga o'tdi?
Usmonov Navalniyga qarshi: Shovqin kuchaymoqda
Ronalduga ancha ko'proq muddatga qamoq jazosi tahdid solmoqda
Sizga yoqmagan odamlar bilan qanday ishlash kerak?