Quyida eng yosh milliarderlar reytingi keltirilgan bo'lib, u eng
yosh milliarderdan boshlab tuzilgan. Bu reytingdagi eng katta yoshli
milliarderning yoshi 40 dan oshmagan bo'lishi kerak.
Reytingda 1-o'rinni Snapchat messenjerining rahbari Evan Shpigel
egallagan. 24 yoshli Shpigelning shaxsiy mablag'i hozirda 1,5 mlrd
dollarni tashkil qilmoqda. E'tiborlisi, 2-o'rinni Snapchat’ning uchinchi
asoschisi Bobbi Myorfi egallagan, u 26 yoshida 1,5 mlrd ishlab topgan.
3-o'rinni nyu-yorklik dijey va Braziliyaning Amazonas shtati rahbarining
o'g'li Xulio Mario Santo Domingo-uchinchi egallagan. Hozirda 29 yoshda
bo'lgan Xulio 2,2 mlrd dollarga ega.
Bu reytingda 4-o'rinni egallagan Facebook’ning rahbari Mark
TSukerberg reyting ishtirokchilari ichida eng ko'p mablag'ga ega bo'lib,
hozirda 30 yoshda bo'lgan TSukerberg 33,4 mlrd dollarga ega. TSukerberg
2007 yilda Shpigeldan ham yoshroq paytida milliarder nomiga sazovor
bo'lgan. 5-o'rinni Facebook’ning 3-raqamli xodimi Dastin Moskovits
egallagan. Reytingdan ayollar ichida eng yosh ayol milliarder nomiga
Theranos startapining rahbari Elizabet Xolms sazovor bo'lgan. U 31
yoshida 4,5 mlrd dollar mablag'ga ega hamda ushbu reytingdan 8-o'rinni
egallagan.Shuningdek, ushbu ro'yxatga Airbnb kompaniyasining asoschilaridan
biri, 33 yoshli Brayan Cheski (1,9 mlrd), uning hamkasbi va tengquri Djo
Gebbiya (1,9 mlrd), Napster’ning 35 yoshli asoschisi Shon Parker (2,5
mlrd), Minecraft o'yinining 35 yoshli muallifi Markus Persson (1,3
mlrd), Colopl o'yin kompaniyasining rahbari 37 yoshli Naruatsu Baba (1,6
mlrd), Uber’ning 38 yoshli rahbari Trevis Kalanik (5,2 mlrd),
Square’ning 38 yoshli rahbari Jek Dorsi (2,7 mlrd), WhatsApp’ning 39
yoshli rahbari Yan Koum (6,6 mlrd) va Mixi’ning 39 yoshli asoschisi
Kendzi Kasaxara (1,4 mlrd) ham
kiritilganlar.