Forbes jurnali tomondan tuzilgan, 2017 yil uchun dunyoning eng serdaromad futbolchilari ro'yxatida 1-o'rinni Krishtianu Ronaldu egalladi.
"Real"ning 32 yoshli hujumchisi 4 yildan beri dunyoning eng serdaromad futbolchisi nomini hech kimga bermay kelmoqda. Nashr ma`lumotlariga ko'ra, futbolchi 2016 yilning 1 iyunidan 2017 yilning 31 mayigacha 93 mln dollar ishlab topgan. Futbolchi bu qiymatdan 58 mln dollarini klubdagi maoshi va turli bonuslar ko'rinishida olgan, qolgan mablag'ni esa reklama shartnomalari orqasidan topgan.
2-o'rinni "Barselona" hujumchisi Lionel Messi egallamoqda. Uning bir yil ichidagi daromadi 80 mln dollarni tashkil qilgan. U bu qiymatdan 50 mln dollarini klubdagi maosh va turli bonuslar ko'rinishida olgan.
3-o'rinni "Barsa"ning yana bir hujumchisi braziliyalik Neymar egallagan, uning daromadi 37 mln dollarga baholangan. 4- va 5-o'rinlarni "Real"ning yana bir hujumchisi Garet Beyl va "Manchester Yunayted" hujumchisi Zlatan Ibrohimovich egallagan. Ularning yillik daromadlari mos ravishda 34 va 32 mln dollarni tashkil qilgan.