У нас есть только
оригинальные песни

Forbes Gollivudning eng kassabop aktyorlarini e'lon qildi

calendar 28.12.2014
4754


Forbes jurnali 2014 yilda ular ishtirokidagi filmlar eng ko'p pul keltirgan Gollivud aktyorlari ro'yxatini chop etdi. Bu ro'yxatning eng yuqori cho'qqisini Djennifer Lourens egalladi. Forbes ning ta'kidlashicha, "Och o'yinlar” va "Iks odamlar” 2014 yilda umumiy hisobda 1,4 mlrd dollar miqdorida kassa yig'gan. 2015 yilda Lourens "Och o'yinlarning” 3-qismida o'ynashni rejalashtirmoqda. Forbes talqini bo'yicha eng ko'p pul to'lanadigan aktrisalar orasida 34 mln dollar foydaga ega bo'lgan Lourens ikkinchi o'rinni egallab, faqatgina Sandra Bullokka (51 mln dollar) shohsupani boy bermoqda. Eng kassabop aktyorlar orasida 2-o'rinda "Galaktika qo'riqchilari” ("Straji Galaktiki”) filmida ishtirok etgan va "Lego. Film”da bosh qahramonga ovoz bergan aktyor Kris Pratt bormoqda. U 2014 yilda o'ynagan filmlar to'plagan umumiy mablag' 1,2 mlrd ni tashkil etgan. 3-o'rinda "Lyusi” va "Mening terimda bo'lib ko'r” ("Pobud v moey shkure”), "Birinchi qasoskor: o'zga urush” ("Pervy mstitel: drugaya voyna”) filmlarida bosh rollarni o'ynagan Skarlett Yoxansson bormoqda, u ishtirok etgan filmlar umumiy hisobda 1,2 mlrd dollar keltirgan. Shuningdek, o'ntalikdan Mark Uolberg, Kris Evans, Emma Stoun, Anjelina Joli, Jeyms MakEvoy, Maykl Fassbender va Xyu Djekman kabi aktyorlar ham joy olishgan. Bu haftada Forbes "keragidan ortiqcha pul to'langan” aktyorlar ro'yxatini ham e'lon qildi. Bu ro'yxatga Adam Sendler boshchilik qilmoqda – hisob-kitoblarga ko'ra, unga to'langan har bir dollar bor-yo'g'i 3,2 dollar keltirgan. Ushbu ro'yxatning 2- va 3-o'rinlarini Jonni Depp i Ben Stillerlar egallashmoqda.
Яндекс.Метрика