У нас есть только
оригинальные песни

Forbes Jey-Zini eng boy reper deb topdi

calendar 03.03.2018
838

Amerikaning Forbes jurnali dunyoning eng boy reperini ma’lum qildi. Bu safar mazkur reytingda Jey-Zi (haqiqiy ismi — Shon Karter) yetakchilik qildi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Beyonsening turmush o‘rtog‘i oxirgi yil davomida o‘z boyligini 810 dan 900 million dollarga oshirdi.

O‘tgan yili reytingning yetakchi o‘rnidan joy olgan reper Shon Kombs (Diddi) bu safar ikkinchi o‘rinni egalladi. Uning boyligi miqdori — 825 million dollar.

Yetakchilar uchligidan reper Doktor Dre (Andre Yang) ham joy oldi.

Musiqachilar uchligi bu yil nafaqat sayyoraning eng boy reperlari, balki barcha yo‘nalishlar orasida eng badavlat amerikalik musiqachilar ekanligi aniqlandi.

Reyting o‘nligidan qo‘shiqchilar Dreyk va Eminem ham joy oldi. Ulardan har biri 100 million dollar sohibi hisoblanadi.
Яндекс.Метрика