У нас есть только
оригинальные песни

Forbes yilning eng daromadli Gollivud aktyorlarini aniqladi

calendar 23.12.2015
1128

Forbes jurnali 2015-yil yakuni bo‘yicha Gollivudning eng daromadli aktyorlar ro‘yxatini e’lon qildi.

 

Asosan “Qasoskorlar: Altron Erasi” va “Birinchi qasoskor: Boshqa Urush” filmlari bilan kinostudiyalarga har bir sarflangan dollar uchun 181,8 dollar foyda keltirgan Kris Evans reytingning birinchi qatorini egalladi.

Undan keyingi o‘rinni kinokompaniyalarga har bir sarflangan dollar uchun 87,3 dollar qaytarib bergan Mila Kunis (“Yupiter Chiqishi”, “Oz: Buyuk va Dahshatli”) egallamoqda.

Uchinchi o‘rinda o‘zining gonorarini 85 barobarga ko‘paytirgan Skarlett Yoxansson turmoqda (“Qasoskorlar: Altron Erasi”, “Lyusi”).

Shuningdek, Gvinet Peltrou (bir dollarga 82,9), Emma Stoun (bir dollarga 54), Kris Xemsvort (bir dollarga 42,1), Vin Dizel (bir dollarga 40.3), Jenifer Lourens (bir dollarga 39.1), Mark Uolberg (bir dollarga 39.1) va Dueyn Jonson (bir dollarga 28,1) reytingdan o‘rin olgan.

Яндекс.Метрика