У нас есть только
оригинальные песни

Ford 2020-yilgacha elektromobillar ishlab chiqarishga 4,5 mlrd dollar mablag‘ kiritadi

calendar 11.12.2015
1201

Amerikaning Ford korporatsiyasi elektromobillar yaratish va ishlab chiqarishga 2020-yilgacha 4,5 milliard dollar qo‘shimcha mablag‘ kiritadi. Bu haqda “TASS” kompaniya press-reliziga tayanib, xabar beradi.

Bunda Ford elektromobilning 13 ta modelini qo‘shish orqali 2020-yilgacha shaxsiy model safidagi ulushini 40 foizgacha oshirish niyatida.

Shuningdek, kompaniya 2016-yil yakuniga qadar 30 daqiqada 80 foizgacha quvvatlanuvchi hamda quvvati 160 kilometrgacha yetuvchi Focus Electric elektromobilining yangi versiyasini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

Яндекс.Метрика