Ford haydovchisiz politsiya avtomobilini patentladi

Ford yangi biznes-model ustida ishlash uchun ikki kompaniyani qo'lga kiritgani haqida e`lon qildi — Autonomic va TransLoc. Ushbu biznes-model odamlarni tashish va tovarlarni yetkazish uchun mo'ljallangan avtonom transport ishlab chiqarishni ko'zda tutadi. Digital Trends shu haqida ma`lum qildi.

Haydovchisiz qurilmalar Ford'ga turli servislar uchun qo'llash va keyinchalik xizmat ko'lamini kengaytirish mumkin bo'lgan qulay va mobil transport infratuzilmasini yaratishga yordam beradi. TransLoc kompaniyasining dasturiy ta`minoti yangi transport tizimidagi asosiy bo'g'in bo'ladi, zero u avtomobillar uchun optimal yo'nalishlarni belgilash imkonini beradi. Kompaniya shuningdek Transportation Mobility bulut servisini ishlab chimoqchi, uning yordamida transport va shahar infratuzilma ob`yektlari bir-biri bilan oson va qulay aloqada bo'ladi. 

Bundan tashqari, haydovchisiz texnologiyalarni politsiya mashinalariga nisbatan ham qo'llashmoqchi. Har holda, Ford shunday patentga ariza bergan. Avtonom politsiya mashinalari xodimlar hayotiga xavf solmay, qoidabuzarlarni kuzatish imkonini beradi. Yangi dasturiy ta`minot haydovchilik ko'nikmalari sabab qo'lga olish qiyin bo'lgan yuqori tezlikda harakatlanayotgan qoidabuzarlar yo'nalishini oldindan hisoblab chiqishi mumkin.

Sun`iy intellekt haydovchisiz politsiya mashinalariga qoidabuzarlarni yaxshiroq kuzatish, ularga tezroq yetib olish imkonini beradi. Bu jarayonda politsiya xodimi haydovchi kreslosida o'tirishi, lekin uni mustaqil boshqarmasligi mumkin. 

Albatta, patentga ariza berish 1-2 yildan keyin shunday patrul mashinalarining yo'llarda paydo bo'lishini kafolatlamaydi. Kompaniya shunchaki raqiblarda shunday g'oyaning paydo bo'lish holatlarining oldini olib qo'ymoqchi. 

Uzoq vaqt aynan Ford haydovchisiz texnologiyalar bozorida yetakchi hisoblangan. Biroq General Motors o'zining dadil  rejalari va biznes-strategiyasi sabab kompaniyani birinchi o'rindan siqib chiqardi.


Комментарии (0) | Добавить: 28.01.2018
Faqat ro'yhatdan o'tgan foydalanuvchilar izoh qoldirishi mumkin. Marhamat ro'yhatdan o'ting!
[ Регистрация | Kirish ]
MP3 va KLIP Izlash

«Новости»

La Liga. "Real" safarda qiyin g'alabaga erishdi
Dunyodagi eng ulkan oltin koni
Chilim va elektron sigaretlarni qonun yo'li bilan taqiqlash vaqti yetmadimikan?
«Kerak bo'lsa stolbani ham olib borib qamardi». Prezident yana MXXning kirdikorlari haqida gapirdi
Messi yana bir ko'rsatkich bo'yicha «Real» futbolchisi rekordini yangiladi
Tramp «ruslar bilan band bo'lgan» FQBni jiddiy aybladi
Kim Chen Inning rafiqasi haqidagi ma’lumotlar
Япониялик аёл фарзандини видео ўйинлардан ҳимоя қилиш йўлини ўйлаб топди
“Ичкарида”ги Селал — Четин Текиндор
Umid Ahmadjonov: “Futbolchi o'z ustida ishlashi shart, aks holda unga litsenziya berilmaydi”
Moskvada 2021-yilgacha 50 ta yangi metro bekati ochiladi
“O‘zbekneftegaz” va Jizzakh Petroleum Ai-95 narxini o‘zgartirdi
O‘zbekistonda 8000 dan ziyod giyohvand bemor ro‘yxatda turadi
AQShda boshpanasizlar sovuqda qanday jon saqlaydilar?
Adliya organlarining moddiy-texnika bazasi yanada mustahkamlanadi
1 martdan boshlang'ich sinflarni 5 kunlik o'qishga o'tkazish rejalashtirilmoqda
Davron Kabulov "Million"ning yangi a'zosini tanishtirdi
“Sevgi iztirobi” efirdan olib tashlandi
Shavkat Mirziyoev Kogondagi harbiy qismda sharoitlarni ko'zdan kechirdi
«Chimyon» hududida ko'chki xavfi e`lon qilindi
Roman Abramovich Telegram'ga 300 mln dollar sarmoya kiritdi
Shavkat Mirziyoyev Buxoro shahridagi Yoshlar markaziga bordi
MIB plastik kartochkadan pul yechib olishi uchun sud qarori kerakmi?
«Mafiya davlati» - Saakashvili
Rossiyada «YouTube»ning ishlamasligiga birgina belgi sababchi bo‘lmoqda
Shavkat Mirziyoyev: Buxoroda 90 ming ish o‘rni yaratiladi
Coca-Cola’ning daromadi 5 marta tushib ketdi
Buxoroda baliqchilikni rivojlantirishga 100 milliard so‘m ajratiladi
MIBga qarzdorlarning plastik kartochkasidan pul yechib olish huquqi berildi
Avtomobillar oldi-sotdi shartnomasini tasdiqlaganlik uchun notarial to‘lov arzonlashdi