У нас есть только
оригинальные песни

Foto: Kanalga tushib ketgan Matiz

calendar 19.08.2016
2982

Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida kanalga tushib ketgan Matiz surati paydo bo‘ldi.

Suratda oqim bo‘ylab oqib kelgan Matiz oxiri kanal ustidan o‘tgan past ko‘prikka urilib, to‘xtaganini ko‘rish mumkin.

Voqea qachon, aynan qayerda, qanday qilib sodir bo‘lgani haqida aniq ma’lumot yo‘q. Ba’zi foydalanuvchilarning yozishicha, bu hodisa Toshkentning Suvsoz dahasida yuz bergan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, Matiz egasi kanal yoqasida mashinasini yuvmoqchi bo‘lib to‘xtatgan, biroq qo‘l tormozidan foydalanmagan, oqibatda mashina qiyalikdan kanalga tushib ketgan.

Яндекс.Метрика