У нас есть только
оригинальные песни

Foto: Mirziyoyevga «insoniyatni yo'q qilish»ga va`da bergan robotni ko'rsatishdi

calendar 06.07.2018
1780

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Qozog'istonga bordi va qo'shni davlat rahbari Nursulton Nazarboyev hamrohligida «Ostona» xalqaro moliya markazini borib ko'rdi.

Prezident matbuot xizmati Markaziy Osiyoning 3 davlati rahbari bu yerda dunyoga mashhur, odam so'zlasha oluvchi robot — Sofiya oldida turgan suratni e`lon qildi. 

Hongkongdagi Hanson Robotics kompaniyasi tomonidan yasalgan ushbu robot bir necha kunga Ostonaga keltirilgan. Bu bu aqlli robot o'zi uchun  yangi narsalarni odamlarning xulqidan kelib chiqib o'rganadi, odamlarga moslashadi, 62 xil emotsiyani ifodalay oladi, ingliz tilida so'zlaydi, boshini aylantira oladi, suhbatdoshining ko'ziga tik boqadi. Ushbu robot soatiga bir kilometr yo'l bosa oladi va bir qancha raqs harakatlarini bajara oladi.

2016 yil mart oyida taqdimot vaqtida jurnalistlardan biri undan yer yuzidagi barcha odamlarni yo'q qilish niyati bor yoki yo'qligi haqida so'ragan. Sofiya bu savolga «Ha» degan javob qaytargan. Bir yil o'tgach, jurnalist savolni yana takrorladi. «Agar menga yaxshi munosabatda bo'lsangiz, yo'q» deya javob berdi robot. Keyinchalik, shu yilning aprelida esa AQSh televideniyesidagi chiqishida dunyoni egallash istagi haqida hikoya qilgandi. Bu robot 2017 yili Saudiya Arabistoni fuqaroligini olgan va qaysidir davlat fuqaroligini olgan ilk robotdir.

Bundan oldinroq Sofiya Nursulton Nazarboyev haqidagi savolga javob bera olmagani haqida xabar berilgandi.

Яндекс.Метрика