У нас есть только
оригинальные песни

Foto: O‘zbekistonning birinchi Dreamliner samolyoti bo‘yoqdan chiqarildi

calendar 04.08.2016
3269

“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasiga 2016-yilning uchinchi choragida yetkazib beriladigan ikki Boeing-787 Dreamliner samolyotlaridan dastlabkisi bo‘yoqdan chiqarildi. Bu haqda Twitter mikrobloglar xizmatida xabar qoldirilgan.

2007—2008-yillarda “O‘zbekiston havo yo‘llari” Boeing bilan to‘rtta Boeing-767-300ER va ikkita Boeing 787-8 Dreamliner samolyotlarini sotib olish bo‘yicha umumiy qiymati 645 million dollarlik shartnoma imzolagan.

2015-yilning iyulida Boeing-767-300ER’ni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma amalga oshirilgan. Ikkita 787-800 Dreamliner esa 2016-yilda yetkazib beriladi.

angi samolyot uzoq va o‘ta uzoq xalqaro yo‘nalishlarda foydalaniladi hamda “Toshkent — Nyu-York” yo‘nalishi bo‘yicha qo‘nilmaydigan parvozlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Яндекс.Метрика