У нас есть только
оригинальные песни

Foto: Samolyotlarning “yotoqxonalari”

calendar 18.04.2018
1946

Airbus kompaniyasi bir qator loyihalarni taqdim etdi, ular doirasida samolyotlarning yuk bo‘lmalari yo‘lovchilar uchun yotoqxonalarga aylantirilishi mumkin. U yerda muzokara xonalari va ikki yarusli karavotlar joylashadi. TJournal loyiha suratlarini taqdim etdi.

Loyiha Fransiyaning Zodiac Aerospace kompaniyasi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan va 2020-yildan boshlab A330 samolyotlarida qo‘llanilishi mumkin. Shuningdek, yirikroq A350 uchun ham yechimlar ko‘rib chiqilmoqda.

Loyiha doirasida yaratilgan ikki yarusli karavotlarni yig‘ib, yuk uchun joy ajratish mumkin. Shu orqali aviakompaniya yo‘lovchi va yuk uchun joyni o‘zi taqsimlashi mumkin bo‘ladi.

Loyihaga ko‘ra, samolyotdagi joyning bir qismi ish joyi yoki bolalar uchun o‘yin maydoni sifatida foydalanilishi mumkin. Qo‘shimcha muzokaralar zalida ish yuzasidan uchrashuvlar uchun kreslo va stollar o‘rnatiladi. Proyektor yo‘lovchilarga filmlarni katta ekranda tomosha qilish yoki taqdimotlar o‘tkazishga imkon beradi.

Bunda har bir modul yo‘lovchilar ehtiyoji yoki aviakompaniyaga bog‘liq holda alohida foydalanilishi mumkin.

Яндекс.Метрика