У нас есть только
оригинальные песни

Foto: Toshkentda chaqmoq!

calendar 16.05.2016
3783

So‘nggi bir necha kundan beri deyarli butun O‘zbekiston bo‘ylab, xususan, Toshkent shahrida yog‘ingarchilik va momaqaldiroq kuzatilmoqda. Kunning g‘ira-shira va qorong‘i vaqtida osmonni yoritib yuborayotgan chaqmoqlar esa ijodkorlarni ayniqsa kuchli hayajonga solayotganini sezmaslik mumkin emas.

Masalan, o‘zbekistonlik professional va havaskor fotosuratchilarning Facebook’dagi eng yirik hamjamiyatlaridan biri hisoblangan “Molodaya fotografiya Uzbekistana” guruhida Toshkent shahrida so‘nggi kunlarda qayd etilgan chaqmoqlarning e’tiborga molik bir qator suratlari e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun, 16-may kuni ham, 17-may kuni ham butun O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik va momaqaldiroq kuzatiladi.

Яндекс.Метрика