У нас есть только
оригинальные песни

Foto: Xonanda Sevara Nazarxon farzand kutmoqda

calendar 28.04.2016
2454

Xonanda Sevara Nazarxon farzand kutmoqda. Bu haqda u Facebook’dagi sahifasiga joylashtirgan fotosurati orqali ma’lum qildi.

Sevara Nazarxon hech bir izohsiz, qora libosdagi suratini Facebook’da e’lon qilgan bo‘lib, unda xonandaning homilador ekani ochiq ko‘rinib turibdi.

Surat ostida fikr bildirgan Facebook foydalanuvchilari xonandani homilador ekani bilan tabriklab, unga “eson-omon qutulib olishni”, tug‘ilajak farzandga esa uzoq umr tilagan. “Ijodiy tanaffus uchun eng go‘zal sabab”, — deb yozadi foydalanuvchilardan biri.

Ma’lumot uchun, Sevara Nazarxon 2007-yili o‘z prodyuseri Bahrom Pirimqulovga turmushga chiqqan; xonandaning Deniz ismli o‘g‘li bor.

Яндекс.Метрика