У нас есть только
оригинальные песни

Fotojamlanma: Mehmonlar Germaniyada yig'ildi

calendar 07.07.2017
1735

Dunyoda iqtisodiy qudrati bo'yicha yirik davlatlarning rahbarlari Germaniyaning Hamburg shahriga G20 sammitida ishtirok etish uchun yetib kelishdi. Sammitda xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama etiladi.

Mezbon davlat rahbari Angela Merkel G20 davlatlari rahbarlarini kutib olayotgani tasvirlarini quyidagi fotojamlanmada ko'rish mumkin.

Angela Merkel va Emmanuel Makron

Fransiya Germaniyaning eng yaqin qo'shnisi va ittifoqchisi, ikki davlat rahbarlari munosabati ham shunga monand. 

Nazvaniye

AQSh prezidenti Donald Tramp rafiqasi Melanya Tramp bilan Polshadan Germaniyaga uchdi 

Vladimir Putin Hamburgda

Putin 6 iyul oqshomidayoq Hamburgda edi. Rossiya prezidenti tashkilotning ishchi yig'ilishida ishtirok etadi, shuningdek, boshqa davlatlar rahbarlari, AQSh, Fransiya, Germaniya, Turkiya, Yaponiya va Avstraliya rahbarlari bilan alohida uchrashuvlar o'tkazadi. 

Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo rafiqasi Sofi Greguar va o'g'li Adrian bilan

Xitoy raisi Si Jinping

Janubiy Koreya prezidenti Mun Jye In rafiqasi Kim Jon Suk bilan

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe o'z rafiqasi Akie bilan

Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Mey

Singapur bosh vaziri Li Syanlun mezbon Angela Merkel bilan uchrashuvda

Turkiya prezidenti Rajab Erdo'g'an

Senegal prezidenti Maki Sall

JAR prezidenti Jyeykob Zuma va rafiqasi Gloriya Bongi Ngema

Norvegiya bosh vaziri Erna Sulberg

Avstraliya bosh vaziri Malkolm Tyornbul Angela Merkel bilan

Argentina prezidenti Maurisio Makri rafiqasi Xulian Avada bilan

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi

Indoneziya prezidenti Joko Vidodo rafiqasi Iriana bilan Hamburg aeroportida

Яндекс.Метрика