У нас есть только
оригинальные песни

Foydalanuvchilar talqiniga ko‘ra 2016-yilning 10 ta eng ommabop smartfoni

calendar 04.05.2016
831

“Hi-tech.mail.ru” rossiyalik foydalanuvchilar Google qidiruv tizimida eng ko‘p so‘rov bergan, 2016-yilda taqdim etilgan o‘nta smartfon ro‘yxatini e’lon qildi.

1. Samsung Galaxy S7

Smartfon 5,1 dyuymli 2560×1440 pikselli Super AMOLED-displey, sakkiz yadro Exynos 8890 yoki Snapdragon 820 (mintaqaga qarab), 4 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyator, 12 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kameraga ega. U Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

2. Xiaomi Mi5

Xitoyning yangi flagman smartfoni 5,15 dyuymli ekran, 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 16 megapikselli asosiy kamera, Qualcomm Snapdragon 820 protsessoriga ega . U Android 6.0 operatsion tizimida ishlaydi.

3. LG G5

LG G5 smartfoni Qualcomm Snapdragon 820 protsessori, 5,3 dyuymli 2560×1440 pikselli displey, 4 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira (+microSD), 16 megapikselli asosiy, 8 megapikselli keng burchakli, 8 megapikselli old kamera, 2800 mA/soat sig‘imli batareyaga ega. U Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

4. HTC 10

HTC 10 “o‘lim to‘shagidagi” kompaniyaning yangi umidiga aylanishi kerak edi. O‘z xususiyatlariga ko‘ra, smartfon ko‘plab flagmanlarni ishonch bilan ortda qoldiradi. U Android 6.0 operatsion tizimida ishlab, 4 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 12 megapikselli asosiy kamera, 5,2 dyuymli ekran bilan jihozlangan.

5. Asus Zenfone Max

Tayvan smartfoni juda katta — 5000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega bo‘ldi, u ham Android 5.0 operatsion tizimida ishlaydi. Tezkor xotirasi 2 Gb, ichki xotirasi — 16 Gb. Qurilma 13 megapikselli asosiy kamera, 5,5 dyuymli ekran, Qualcomm MSM 8916 Snapdragon 410 protsessori bilan ta’minlangan.

6. Huawei P9

U Kirin 950 chipseti, 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 5,2 dyuymli 1080×1920 pikselli ekran, qo‘sh kamera (har biri 12 megapikselli), 5 megapikselli old kamera, shuningdek 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyatorga ega. Qurilma EMUI interfeysli Android 6.0 Marshmallow operatsion tizimida ishlaydi.

7. Sony Xperia X

Android 6.0 operatsion tizimida ishlovchi smartfon Qualcomm Snapdragon 650 protsessori, 3 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 23 megapikselli asosiy kamera, 5 dyuymli ekranga ega.

8. Meizu Pro 6

Yangi qurilma MediaTek Helio X25 protsessori, 4 Gb tezkor va 32 Gb ichki xotira, 21,16 megapikselli asosiy va 5 megapikselli old kamera, 5,2 dyuymli ekranga ega.

9. Microsoft Lumia 650

Smartfonga Qualcomm Snapdragon 212 protsessori o‘rnatilgan. U 1 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotiraga, 8 megapikselli asosiy kamera, 5 dyuymli ekranga ega.

10. Apple iPhone SE

iPhone SE 12 megapikselli qo‘sh vspishkali kamera bilan jihozlangan, u 63 megapikselgacha bo‘lgan panoramali tasvirni tushirish, shuningdek, 4K sifatidagi videolarni olishga qodir. U 2 Gb tezkor va 16 Gb ichki xotira, 12 megapikselli asosiy kamera, 4 dyuymli ekranga ega.

Яндекс.Метрика