У нас есть только
оригинальные песни

Frankfurtda Jeyms Bondning yangi avtomobillari namoyish etildi

calendar 20.09.2015
1545

Jaguar Land Rover Frankfurtda o‘tayotgan xalqaro avtosalonda (IAA-2015) Jeyms Bond haqidagi yangi kinolenta — "007: Spektr” uchun maxsus tayyorlagan Range Rover Sport SVR, Land Rover Defender va Jaguar C-X75 avtomobillarini namoyish etdi.

Jaguar C-X75 mashinasida tungi Rim ko‘chalaridagi quvishma filmdagi eng yorqin lahzalardan bo‘ladi, Land Rover Defender va Range Rover Sport SVR Avstriyada tasvirga tushirilgan qismlarda gavdalanadi.

Jeyms Bond an’anaga ko‘ra Aston Martin DB10 avtomobilini boshqaradi, uning raqibi esa Jaguar’da harakatlanadi.

Avtomobillar taqdimotida yangi filmda suratga tushgan Devid Batista va Naomi Xarris ishtirok etdi. 
Яндекс.Метрика